Uruş yoki demokratiya. Liviya Qazzofiydan 10 yil keyin ilk prezidentini saylay oladimi?
|20:51 / 23.12.202116 4069 min
Saylovlarda uç asosiy nomzod bor - Muammar Qazzofiyning öğli, general Haftar va sobiq boş vazir. Ammo ulardan birortasi mağlubiyatni tan olişga tayyor emas.
Bundan ön yil muqaddam, «arab bahori» tölqinida liviyaliklar Örta Yer dengizi böyidagi uşbu mamlakatni 40 yildan ortiq vaqt davomida boşqarib kelgan Muammar Qazzofiyni ağdarişgan va öldirişgandi. NATO davlatlari qöllovidagi inqilob xorijlik yollanma jangçilar iştirokidagi fuqarolik uruşiga aylanib ketdi. Endi esa 10 yil ötib Liviya mustaqillik uçun imtihon topşirişga harakat qilmoqda - mamlakat tarixidagi ilk prezidentlik saylovlarini ötkazişga.
Liviyaliklarning butun bir avlodi fuqarolik uruşi xaosi içida ulğaydi. Bu yana qança davom etişini heç kim bilmaydi / AFP
Liviya bu imtihondan öta olmasligi ehtimoli yuqori.
«Liviyada hatto qorboboga işonişlari mumkin, ammo 24 dekabr kungi saylovlarga işonişlari dargumon», deya ogohlantirgandi bir oy muqaddam Qazzofiy haqidagi kitob muallifi, fransiyalik Vensan Ujyo.
Saylovlar mamlakatning qora kunlari tarixi sahifasi yopilişi, iqtisodiyot tiklanişi va barqarorlik qaytişiga umid bergan. BMT belgilagan muddat - 24 dekabr arafasida - bunday bölmasligi oydinlaşib qoldi.
«Xalqaro hamjamiyat Liviyani rasmana davlatdek körişini körsatmoqçi böladi, ammo bu - illyuziya», deydi Jons Hopkins universiteti ilmiy xodimi Hafed al-Guell.
Qazzofiy 42 yil mobaynida Buyuk Sotsialistik Xalq Liviya Arab Jamaxariyasini yakkahukmdor sifatida boşqargan / Getty Images
10 yil içida Liviya özaro içki nizolardan xalos bölolmadi. Mamlakat - aniqroği Örta Yer dengizi sohilida yaşovçilar ikkiga ajralgan. Bengazi va Misr bilan çegaradagi şarqiy hududlar - general Xalifa Haftar hokimiyati ostida. Poytaxt Tripoli va Tunis hamda Jazoir bilan çegara tomondagi ğarbiy hududlarni turli kuçlar, jumladan BMT tomonidan tan olingan milliy birlik hukumati nazorat qiladi.
Bu kuçlarning barçasi xorijiy davlatlar tomonidan qöllab-quvvatlanadi - oçiqçasiga yoki maxfiy ravişda.
Mavzuga oid
BMT baholariga köra, Liviyada Turkiya, Rossiya va Suriyadan kelgan va turli tomonlarda turib harbiy harakatlarda qatnaşadigan 20 mingdan ortiq yollanma jangçilar bor.
Faqatgina Turkiya Liviyada harbiylari borligini rasman tan oladi va buni BMT tomonidan tan olingan hukumatning avvalgi rahbari Foiz Sarroj bilan tuzilgan harbiy hamkorlik töğrisidagi kelişuv bilan izohlaydi.
Rossiya bu ziddiyat borasida rasman betaraf pozitsiyani egallagan, ammo barça tomonlar bilan aloqalarga ega - şarqdagi Haftar bilan ham, ğarbdagi harbiy ayirmaçilar bilan ham.
Şu bilan birga, Liviya maxsus xizmatlaridagi bir neça manba BBC uçun bergan intervyularida saylovlarda «Rossiyaning nomzodi sanalgan» - Muammar Qazzofiyning öğli bölmiş Saif al-Islom Qazzofiy Haftar bilan ham, ayirmaçilar bilan ham aloqador emasligini aytişgan.
Sirt - Muammar Qazzofiyning ona vatani - hamon xarob holatda / Getty Images
«Liviyada saylovlar ötkaziş - ança katta loyiha. Parçalanişga yuz tutgan xalqni birlaştiriş qanday bölişi avvalboşdan noaniq edi», deydi Liviya böyiça ekspert, Germaniya xalqaro munosabatlar va xavfsizlik instituti katta ilmiy xodimi Volfram Laher.
Jahon hamjamiyatining umidlariga ters ölaroq, saylovlardan keyin zöravonlikning navbatdagi bosqiçi boşlanişi xavfi yuzaga kelgan. Liviyaning butun hududida erkin ovoz beriş kafolati yöqligi tufayli biror nomzod mağlubiyatni tan olib, raqibini tabriklaşi dargumon.
Liviyada 2,8 mln saylov yoşidagi aholi yaşaydi (jami aholi soni 9 mln). Şundan 85 foizi saylovlarda qatnaşiş uçun röyxatdan ötgan / Reuters
98 nafar nomzoddan iborat uzun röyxatda kamida uç nomzod ikkinçi raqamli bölişga rozi bölmasligi tayin: general Xalifa Haftar, marhum Qazzofiyning öğli Saif al-Islom hamda sobiq boş vazir Abdul-Hamid Dbeyba.
Haftar va Qazzofiy harbiy jinoyatlarda ayblanadi, Dbeyba - mansabni suiiste’mol qiliş va saylovçilarni sotib olişda.
Muammar Qazzofiyning rejimi qulagaç, Saif al-Islom Liviyada ölim jazosiga hukm qilingandi, ammo keyin bu hukm bekor qilindi, Haagadagi Xalqaro tribunal esa hamon uni insoniyatga qarşi jinoyatlarda (qotillik va ta’qib) ayblab, topşirişni talab qilib keladi. Ğarbdagi huquq faollari Haftarni ham 2019 yil poytaxtni qamal qiliş vaqtidagi harakatlari uçun sud qilişni talab etişadi.
«Gap faqat saylovdamas, gap şundaki Saif al Islom haqiqiy siyosiy figuraga aylanganida», deydi Qazzofiyning öğli haqida Londondagi «Çatem-haus» markazining Liviya böyiça eksperti Tim Iton / EPA
Liviyaliklarning köpçilik qismi saylov natijalarini qabul qilişi imkoniyati nolga yaqin, nomzodlar ham mağlubiyatni tan olişiga heç kim işonmayapti.
«Liviyada davlat yöq, işlaydigan davlat tuzilmalari yöq, faqat özaro duşman lagerlar va harbiylaşgan guruhlar bor», deya mamlakatdagi saylovlardan oldingi vaziyatni ta’riflaydi Jons Hopkins universiteti qoşidagi Taşqi siyosat instituti vakili bölgan Hafed al-Guell.
«Bir tomonda davlat içidagi davlatni boşqarayotgan general Xalifa Haftar. U öz ğalabasidan boşqa biror natijani tan olmaydi. Boşqa tomonda - allaqaçon Haftarning ğalabasini tan olmasligini bildirib bölgan turli kuçlar», deya qöşimça qiladi u.
General Haftar - poytaxti Bengazi bölgan şarqiy Liviyaning de-fakto rahbari, u 2019 yilda Tripolini qamal qilgandi, ammo poytaxtni ololmadi - Turkiya aralaşgandi / Reuters
Nomzodlar sud orqali bir-birini prezidentlik poygasidan çiqarişga urinib kördi, ammo sudlardagi qator apellyatsiyalar va tortişuvlardan söng nomzodlarni ötkazmaslik böyiça qaror qayta körib çiqildi.
Nomzodlarning töliq röyxati hali e’lon qilinmadi, boşqa önlab nomzodlardan birortasi faol saylov komissiyasi olib borgani yöq.
Seşanba kuni Liviya oliy saylov komissiyasi rahbari mahalliy saylov komissiyasini tarqatib yubordi, Liviyadagi naşrlar esa parlament yiğilişida saylov komissiyasi uzoq kutilgan saylovlarni uç oyga keçiktirişni taklif qilgani haqida yozgan.
Saylov kuni arafasida nomzodlarning yakuniy röyxati ham ma’lum emas / AFP
Ekspertlar saylovlar bölib ötsa, BMT va Ğarb davlatlari umid qilayotganidek mamlakat birlaşişi örniga, yangidan yangi kelişmovçiliklar va qon tökilişlari boşlanib ketişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
«Demokratik davlat uçun odatiy bölgan, bir ğolib böladigan va qolganlar mağlubiyatini tan oladigan formula şunçaki Liviya uçun emas», deydi Liviya böyiça ekspert Volfram Laher.
Saylovlarning qoldirilişi ham, mamlakatda tarqoq qurolli tuzilmalar saqlanib qolib, konstitutsiya ham, saylov töğrisida barçani qanoatlantiruvçi qonun ham yöqligi şaroitida xuddi şu darajada tahdid soladi.
«Albatta, mojaro böladi. Va bu ziddiyat avj olib, uzoq muddatli va keng miqyosli uruşga aylanişi mumkin», deydi Amerikadagi Atlantic Council markazining Liviya böyiça tahlilçisi va ilmiy xodimi Imomiddin Badiy The New York Times naşriga Tripolidagi saylovlar arafasidagi taassurotlarini aytar ekan.
Ötgan haftada poytaxtda qurolli guruhlar hukumat muassasalari binolarini egallab olişga harakat qildi va bu hamma ham saylovlarga tayyor emasligini yana bir bor körsatdi.
Afrikaning neft va gazga boy bölgan uşbu mamlakatidagi voqealarni mintaqadagi qöşnilar ham, boşqa qit’alardagi manfaatdor öyinçilar ham kuzatib bormoqda. Liviya ğarbidagi kuçlar Turkiya hamda Qatarning harbiy va diplomatik yordamidan foydalanadi, Haftarga esa oçiqçasiga yoki maxfiy ravişda BAA, Misr, «Vagner»ning rossiyalik yollanma jangçilari, Saudiya Arabistoni, Iordaniya va Fransiya kömak beradi.
Liviyadagi mojaroni Suriyadagi bilan taqqoslab, bu safar Afrika yerlarida kuçli davlatlarning qarama-qarşiligi boşlanişidan xavotir bildirişadi.
BMT öz hisobotida Haftar tomonida «Vagner» xususiy harbiy kampaniyasi jangçilari jang qilişi haqida oçiqdan oçiq yozgan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Liviyadagi rossiyaliklar haqidagi savolga javoban şunday degan: «Agar u yerda Rossiya fuqarolari bölsa ham, ular Rossiya davlati manfaatlarini ifoda etmaydi va Rossiya davlatidan pul olmaydi»
Ötgan yil yozida Berlinda bölib ötgan muzokaralarda Liviya taqdirini muhokama qilgan donor davlatlar Liviya va Afrikaning boşqa mamlakatlaridan «barça xorijiy kuçlar va yollanma jangçilar»ni olib çiqiş zarurligini ma’lum qilişgandi.
Inqirozdan çiqişning birinçi qadami esa mamlakatda ilk prezidentlik saylovlari ötkazilişi bölişi kerak edi. Endi bu saylov keyinga qoldirilmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi