Jahon | 18:54 / 24.12.2021
16649
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyev sudi Poroshenkoni hibsga olishga ruxsat berdi

Pyotr Poroshenko «davlatga xiyonat» va «terrorchilik tashkilotlari bilan hamkorlik qilish» moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.

Foto: Getty Images

Kiyevning Pecherskiy rayon sudi Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoni ushlashga ruxsat berdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib «Ukrainskiye novosti» xabar bermoqda.

«Pecherskiy rayon sudi Pyotr Poroshenkoni ushlashga ruxsat berdi. Qaror davlat tergov byurosi tomonidan davlatga xiyonat ishi bo‘yicha surishtiruv doirasida qabul qilindi», — deyiladi nashr xabarida.

Avvalroq «Glavkom» nashri Ukraina prokuraturasi suddan Poroshenkoni hibsga olishni so‘raganini xabar qilgandi. Xabarda aytilishicha, bosh prokuror vazifasini bajaruvchi Aleksey Simonenko Pyotr Poroshenkoni 1 mlrd grivna (37 mln dollar) garov evaziga ozodlikka chiqish imkoniyati bilan hibsga olish bo‘yicha so‘rovnoma bergan. 

Poroshenko «davlatga xiyonat» va «terrorchilik tashkilotlari bilan hamkorlik qilish» moddalari bo‘yicha ayblanmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq prezident jinoiy guruh tuzgan va 2014 yilda JARdan ko‘mir yetkazilishi to‘g‘risidagi shartnomani barbod qilgan.

Mavzuga oid