Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yil boshidan beri qaysi oyda eng ko‘p ajrashish qayd etilgani ma’lum bo‘ldi
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda qaysi oyda ajrashishlar soni ko‘p bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida respublika bo‘yicha 35 660 ta ajrashishlar qayd etilgan.
Oylar kesimida qayd etilgan ajrashishlar soni eng ko‘p aprel oyida kuzatilgan – 3488 ta.
Shuningdek, qolgan oylarda ushbu ko‘rsatkich quyidagicha ko‘rinish oldi:
- noyabr oyida – 3428 ta;
- iyun oyida – 3401 ta;
- centyabr oyida – 3349 ta;
- mart oyida – 3307 ta;
- avgust oyida – 3284 ta;
- oktabr oyida – 3206 ta;
- may oyida – 3184 ta;
- yanvar oyida – 3156 ta;
- iyul oyida – 2995 ta;
- fevral oyida – 2862 ta.
Avvalroq, qarindoshlar orasida tuzilgan oilalarning 24,9 foizida nogiron farzandlar borligi ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
21:44 / 05.06.2026
May oyidagi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?
18:51 / 29.05.2026
Toshkentda yaxshi yashash uchun qancha pul kerak?
09:49 / 26.05.2026
O‘zbekistonda 70 yoshdan oshganlar orasida ham ota bo‘lganlar bor
08:22 / 26.05.2026