Joriy yilda 18 million AQŞ dollari miqdorida tayyor mahsulot eksport qilişga erişgan, Qörğontepa va qöşni tumanlarda yaşovçi 5500 nafar yoşni iş bilan ta’minlayotgan “Khantex Group” klasteri viloyatdagi yirik korxonalardan biridir.

Kunning birinçi yarmida 2018 yili taşkil etilgan “Khantex Group” paxta-töqimaçilik korxonasida böldik.

“Khantex Group” MÇJda paxta xomaşyosini yetiştirişdan tortib, töliq qayta işlab, tayyor mahsulot işlab çiqariladi. Loyiha doirasida 52 mln yevro miqdorida investitsiya mablağlari kiritilgan.

Korxonada yiliga 10,4 ming tonna paxta tolasi töliq qayta işlanib, 9,4 ming tonna ip-kalava, 2,1 ming tonna trikotaj mato, 5 mln pogonometr arqoqli gazlamalar, 1 mln pogonometr maxralik mato, 1,2 ming tonna böyalgan trikotaj mato, 1,1 ming tonna arqoqli va maxralik mato, 4,5 mln dona tayyor tikuv trikotaj mahsulotlar işlab çiqariladi. Korxonada 2000 dan ziyod mahalliy yoşlar iş bilan ta’minlangan. Korxona töliq işga tuşgaç, yiliga 40 mln AQŞ dollaridan ziyod mahsulotlar eksportga yönaltiriladi.

“Khantex Group” MÇJ paxta-töqimaçilik klasteri tarkibidagi fabrika 14 gektar maydonda joylaşgan. Işlab çiqariş dastgohlari Şveytsariyaning “Rieter” (yigiruv), Belgiyaning “Picanol” (töquv), Germaniyaning “Erbatech” (böyoq-pardozlaş) va “Textima” (tikuv v.b.) kompaniyalaridan sotib olingan bölib, hozirda töliq quvvat bilan işlamoqda.

Loyiha negizida Markaziy Osiyoda yagona böyoqxona taşkil etilgan va işlab çiqarişda xom mato va gazlamalar töxtovsiz ravişda böyaladi. Bu esa turdoş korxonalarga nisbatan suvni 50 foizga, gazni 25 foizga, elektr energiyasini 10 foizgaça tejaş imkonini beradi.

Ma’lum qilinişiça, “Khantex Group” klasteri tomonidan 2020 yilda mahsulot işlab çiqariş hajmi 349,3 mlrd sömni taşkil etdi, şundan 5,6 mln dollarli mahsulotlar eksporti amalga oşirildi. Jamiyat 2021 yilda Turkiya, Italiya, Belarus va MDH davlatlari, jami 12 davlatga 18,5 mln dollarga teng kalava ip va tayyor trikotaj mahsulotlarini eksport qildi. 2022 yilda 25-30 million dollarli mahsulot eksport qiliş rejalaştirilmoqda.