Kun.uz 22 dekabr kuni “Dizayn” jamoasi törtligi bir şaxsdan 30 ming dollar olib, qaytarib bermayotgani, undiruv masalasi Oliy sud qaroridan keyin ham amalga oşmayotgani haqida xabar bergan edi.
Ma’lum bölişiça, maqola e’lon qilinganidan keyin tadbirkorning 336 mln söm puli “Dizayn” jamoasi a’zolaridan MIBning depozit hisobraqamiga töliq undirilgan. Bu haqda keça, 24 dekabr kuni Majburiy ijro byurosi ötkazgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Anjumanda Kun.uz muxbiri mazkur iş doirasida oçiq qolayotgan ayrim savollar bilan mutasaddilarga murojaat qildi.
Tahririyatga yetib kelgan hujjatlarga köra, uşbu iş doirasida qarzdor Dilşod Musabekovga MIBning Çilonzor tuman bölimi tomonidan 20 avgust kuni xorijga çiqiş uçun taqiq qöyilgan. Oradan 10 kun ötib – 30 avgust kuni esa taqiq yeçilgan. Vaholanki, iş böyiça ijroni töxtatib turiş töğrisidagi qaror keyinroq, 31 avgust kuni çiqarilgan.
Savolga MIB bölim boşliği Nasimxon Burhonov javob berdi. Unga köra, çetga çiqişga qöyiladigan taqiq tizimi şunday işlab çiqilganki, ijroçi özi xohlagan taqdirda ham, qarzdorlik undirilmagunga qadar unga heç kim ta’sir ötkazolmaydi.
“Bu turli korrupsion holatlar bömlasligi uçun ham qilingan. Bu çeklovni qöyiş va olib taşlaş avtomatik böladigan jarayon. Şuning uçun xotirjam böling, qandaydir asos bölmasa, Dilşod Musabekovning xorijga çiqiş taqiqi olib taşlanmas edi. Buni aniqlaştiriş kerak. Tizim şunday qilinganki, har qanday noqonuniy holatning oldini oliş maqsadida çeklovlar faqat elektron tarzda yeçiladi.
Savolingizga hayron bölyapman, buni aniqlaş kerak. Bu dastur heç kimni tanimasligi kerak. Bu maxsus savol va uni aniqlaştiramiz”, – dedi u.
Byuro matbuot xizmati rahbari Farrux Toşpölatov undiruv Kun.uz'dagi maqola çiqqanidan keyin amalga oşganiga izoh berdi.
“Haqiqatdan ham, fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudining hujjatiga asosan “Dizayn” jamoasining Musabekov, Karimberdiyev, Mavlonov va Fatxullayevlardan da’vogar Salomovning foydasiga solidar tartibda 336 mln 132 ming söm mablağni undiriş böyiça qarori MIBning Çilonzor va Yunusobod tuman bölimlariga kelib tuşgan.











