Vodiydan yoki poytaxtdan vohaga qarab yöl olganda Sirdaryodagi katta yöl yoqasida qovunqoqi kötarib turgan bolalarga közingiz tuşadi. Köpçilik sovuqda turib sotişayotganiga qaraganda qovunqoqi qimmat bölsa kerak, deb öylaydi, lekin unday emas. Jahon bozorida kilosi 22 dollargaça sotiladigan qovunqoqi bizda arzon. Birinçi qöldan kilosini 10-12 ming sömdan olişingiz mumkin.

Bu mahsulot ança yillardan buyon tayyorlanadi. Biz bilan suhbatda bölgan katta yoşlilar esini taniganidan buyon qoqi sotişini aytganiga qaraganda, bu milliy brendning yaxşigina tarixi bor. Bir neça yillardan buyon esa qovunqoqini qadoqlab sotiş, eksport qiliş yölga qöyilgan. Ayniqsa Mirzaçöldagi qişloqlarda yaşovçilar bu mahsulotni tayyorlaşning hadisini olgan.

Avgust oyidan boşlab qovunlarni quritib, qoqi qiliş jarayoni boşlanadi. Bizda bu mehnatkaşlarning faoliyatlari bilan tanişiş fikri sovuq tuşganda keldi-da, keyingi yil yozda reportaj qilarmiz, deb birrov suriştirdik. Sirdaryodagi qişloqlardan birida qovunqoqilarning oxirgi «partiyasi» quritilayotganidan xabar topgaç, borişga qaror qildik.

Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi Oqçangal qişloğiga borib kördikki, qovun u yerlarda köpçilikning qozon qaynatiş manbasi ekan. Öz yerlarida qovun tugul biror giyoh ham ösişi qiyin bölgani uçun çölliklar hosildor yerlarga oilasi bilan çiqib, dehqonçilik qiladi, qovun ekadi. Yozda qovun sotiş bilan şuğullanişsa, kuzda keçki qovunlar sotib bölingaç, biroz uringan qovunlarni qoqi qilib sotişadi.

«Qurigan qovunning hammasi bir xil, ularning faqat suvi farq qiladi», deydi dehqonlardan biri nega yaxşi qovunlar quritilmasligini izohlar ekan. Uning aytişiça, yaxşi qovunni butunligiça sotsa, yaxşiroq foyda qoladi. Şu sabab biroz uringanlari quritiladi. Bu uçun maxsus maydonlar, quritiş dorlari tayyorlab qöyilgan. Butun oila, yoş bolalar ham şu iş bilan band, qozon şundan qaynaydi axir.













