Turkiyaning Efes shahri 2500 yildan keyin yana dengiz bilan bog‘lanadi
Turkiyaning Izmir viloyatidagi qadimiy shahar Efes 2022 yil oxirigacha ishga tushiriladigan yangi kanal evaziga yana dengiz bilan bog‘lanadi. Bu haqda Sabah nashri xabar berdi.
Efesning qadimiy kanalini yaratish loyihasi shaharga dengizga chiqish yo‘lini yana qaytarish maqsadida boshlangan. Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bakir Pokdemirlining aytishicha, 2022 yil oxirigacha Efes yangi kanal yordamida 2500 yildan keyin yana Egey dengizi bilan bog‘lanadi. Vazir shahar qadimda port shahri bo‘lgani, biroq hozirgi kunda uni dengizdan 9-10 km masofa ajratib turishini aytgan.
“Biz Efesga tarixiy qiyofasini qaytarish, uni yana diqqat markaziga aylantirish va hududning turistik salohiyatini oshirish uchun kanal loyihasini boshladik. Viloyatda nasroniylar uchun juda muhim joylar mavjud. Boshqacha aytganda, musulmonlar ziyoratlarni amalga oshirgandek, nasroniylar ham bu yerga kelib, Bibi Maryam cherkovi va boshqa qadimiy obektlarga tashrif buyurishadi”, deb aytgan vazir.
Loyiha bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda kanalga kirish joyi rekonstruksiya qilinadi va pristan hamda to‘lqin qaytargichlar quriladi. Ikkinchi bosqich Izmir-Kushadasi avtomobil yo‘lidan Efes portigacha bo‘lgan hududni tarixiy strukturasiga mos ravishda qayta shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Kanal qurilgach, sayyohlar Efesga nafaqat quruqlik, balki dengiz orqali kelishlari mumkin bo‘ladi.
Efes 2015 yilda YuNeSKO Jahon merosining bir qismiga aylangan. Har yil shaharga minglab mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyuradi. Ba’zilar bu yerga aniq bir maqsadda – nasroniylar uchun bosh ziyoratgohlardan biri Bibi Maryam uyini ziyorat qilgani keladi. Ta’kidlanishicha, bu uyda bir vaqtlar Iso payg‘ambarning onasi Bibi Maryam yashagan.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 17:40
-
Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Jahon | 17:36
-
Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga kvotalarni kamaytirishi mumkin
Jahon | 17:22
-
Qozog‘istonda migrantlarni qiynoqqa solgan politsiyachilar sudlandi
Jahon | 17:06
Mavzuga oid
13:45 / 19.01.2025
O‘zbekistonliklarni Turkiyada fohishalik uchun sotgan ayol qo‘lga olindi
15:40 / 18.01.2025
Salkam 50 ming nafar o‘zbekistonlik qarindoshini yo‘qlash maqsadida Turkiyaga borgan
14:34 / 18.01.2025
Turkiyada qalbaki alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 17 kishiga yetdi
18:15 / 17.01.2025