Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil boshidan beri qaysi hududda eng ko‘p ajrashish qayd etilgani ma’lum bo‘ldi
Hududlar kesimida qayd etilgan ajrashishlar soni ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Foto: Shutterstock
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida hududlar kesimida qayd etilgan ajrashishlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda – 5120 ta holat.
Shuningdek, eng ko‘p ajrashish holatlari Farg‘ona viloyati (3917 ta holat), Samarqand viloyati (3793 ta holat) va Toshkent viloyatida (3770 ta holat) qayd etildi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Andijon viloyati – 3572 ta;
- Namangan viloyati – 2805 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 2534 ta;
- Surxondaryo viloyati – 2046 ta;
- Buxoro viloyati – 1874 ta;
- Xorazm viloyati – 1349 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 1305 ta;
- Sirdaryo viloyati – 1282 ta;
- Jizzax viloyati – 1172 ta;
- Navoiy viloyati – 1121 ta.
Avvalroq, O‘zbekistonda yil boshidan beri qaysi oyda eng ko‘p ajrashish qayd etilgani ma’lum bo‘lgandi.
2021 yilning yanvar-noyabr oylarida respublika bo‘yicha 35 660 ta ajrashishlar qayd etilgan.
Oylar kesimida qayd etilgan ajrashishlar soni eng ko‘p aprel oyida kuzatilgan – 3488 ta.
Mavzuga oid
13:16
Chakana va ulgurji savdoda o‘sish tendensiyasi davom etmoqda
13:43 / 23.01.2026
O‘zbekiston tashqi savdosi: Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yetakchi sheriklar
17:36 / 22.01.2026
Aholini ro‘yxatga olishda onlayn savolnomani bir kishi butun oila uchun to‘ldirishi mumkin
16:35 / 22.01.2026