Unda sözga çiqqan bank Boşqaruvi raisi Alişer Muratov Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga möljallangan Özbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qiliş strategiyasi töğrisidagi Farmoni bank tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantiriş, mijozlarga körsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxşilaş va ommabopligini ta’minlaşda dasturilamal bölayotganini ta’kidladi. Mazkur Farmonga asosan, “2020-2025 yillarga möljallangan Özbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qiliş strategiyasi tasdiqlangan.

Foto: Qişloq quriliş bank

Anjumanda mamlakatimiz bank tizimi Strategiya asosida faol islohotlarni boşdan keçirayotgani qayd etildi. Strategiyaning asosiy maqsadi “inson qadri uçun” tamoyilini hayotga tatbiq qiliş, aholini va mijozlarni rozi qilişdir.

Uşbu maqsadni ATB “Qişloq quriliş bank” ham özi uçun eng ustuvor vazifa sifatida belgilab olgan. Şu asosda bank tizimida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantiriş, yangi innovatsion xizmatlarni yölga qöyiş, mobil dasturlarni takomillaştiriş orqali aholiga keng qulaylik yaratişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviylik, tezkorlik va yuqori sifat bu yönalişdagi sa’y-harakatlarning asosini taşkil etadi.

Foto: Qişloq quriliş bank

Hozirda ATB "Qişloq quriliş bank"ning transformatsiyasi doirasida “Osiyo taraqqiyot banki” va Xalqaro konsalting kompaniyalari bilan hamkorlik qilinmoqda. Jumladan, xalqaro konsalting kompaniyasi bilan “Bankning 2020-2025 yillardagi rivojlantiriş strategiyasi” işlab çiqildi, bankning taşkiliy tuzilmasi qayta körib çiqildi va bankda Loyiha ofisi taşkil etildi. 

Foto: Qişloq quriliş bank

Transformatsiyaning yana bir muhim yönalişi - bank xizmatlarining sifatini oşiriş böyiça ham qator işlar amalga oşirildi. Jumladan, xizmat körsatiş qamrovini oşiriş maqsadida, 46 ta bank xizmatlari markazlari va 77 ta öz-öziga xizmat körsatiş şoxobçalari (24/7) taşkil etildi.

Foto: Qişloq quriliş bank