2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda kelgusi 5 yil uchun bir nechta ssenariyli makroiqtisodiy prognoz (makromodel) ishlab chiqiladi. Bunda:
- yalpi ichki mahsulotni 100 mlrd AQSh dollariga yetkazish va aholi daromadlarining yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
- tarkibiy islohotlarni amalga oshirishda iqtisodiyotga ta’sirini baholash;
- iqtisodiy o‘sish uchun zarur bo‘lgan energiya manbalari bilan ta’minlash;
- tashqi bozorlardagi o‘zgarishlarni prognozlashtirish va iqtisodiy o‘sishga tashqi omillar ta’sirini yumshatish;
- hududlar va tarmoqlarning iqtisodiy o‘sishdagi hissasini aniqlash orqali “o‘sish nuqtalari”ni belgilash;
- barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tavsiyalar va asosiy makroiqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha aniq choralar ishlab chiqish nazarda tutiladi.
2023-2025 yillar uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi ham ishlab chiqiladi. Bunda:
- iqtisodiy o‘sish darajasining o‘rtacha 6,5 foizdan yuqori bo‘lishi;
- inflatsiyaning 2024 yildan 5 foiz target ko‘rsatkichi darajasida ushlab turish;
- pul-kredit, budjet-soliq siyosatlari va tarkibiy islohotlarni o‘zaro muvofiqlashtirish;
- hududlarning muvozanatlashgan rivojlanishi va ishlab chiqarish quvvatlarini samarali joylashtirishni ta’minlash mo‘ljallangan.
Shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha iqtisodiy kengash tuziladi va unga:
- makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab turish maqsadida pul-kredit, fiskal va tarkibiy islohotlarni takomillashtirish;
- inflatsiyaning asosiy omillarini tahlil qilgan holda, narx-navoning oshishini oldini olish choralarini belgilash;
- davlat investitsiyalarining samarali amalga oshirilishi bo‘yicha choralar belgilash vazifalari yuklanadi.
Inflatsiyaning monetar omillarini pasaytirish hisobiga doimiy inflyatsion maqsadga (target) erishish bo‘yicha choralar ko‘riladi. Bunda:
- qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolish, shu jumladan, iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari o‘sish sur’atini (16-18 foiz) yalpi ichki mahsulot nominal hajmi o‘sish sur’atlari bilan mutanosib bo‘lishi;















