IIV matbuot kotibining ma’lum qilişiça, joriy yilning  1 yanvar kuni tungi soat 00:45 larda Şayxontohur tumani  Qoratoş köçasi avtoqatnov yölida aholi yiğilib, bir neça fuqarolar avtoyölni ajratib turuvçi tösiqqa muşakbozlik qiliş maqsadida qölbola usulda yasalgan öt öçirgiç moslamasini joylaştirib, moslamani tagidan yoqişi oqibatida moslama çaqnaşi kuzatilgan.

Natijada, muşakbozlikni telefoni kamerasiga tasvirga olayotgan fuqarolar, 1997 yilda tuğilgan M.S. (taşxis: qorin yumşoq töqimalari lat yeyişi), 1999 yilda tuğilgan M.A. (taşxis: öng oyoq boldir, tovon sohalari yirtilgan jarohati) hamda 2006 yilda tuğilgan X.N. (taşxis: öng oyoq panja qismi yirtilgan, majaqlangan jarohati, oyoq barmoqlari notöliq amputatsiyasi) turli körinişdagi jarohat olgan.

Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan moslamani tayyorlagan hamda uni yoqqan şaxslarni aniqlaş böyiça tezkor-qidiruv va suriştiruv işlari olib borilmoqda.