10 yanvardan boşlab içki işlar tizimida keça-yu kunduz faoliyat yuritadigan “Işonç markazi” işga tuşiriladi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boşliği örinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boşliği, polkovnik Baxtiyor Berdialiyev Kun.uz'ga ma’lum qildi.
“Işonç markazi” ikki yönalişdagi murojaatlarni qabul qilişi rejalaştirilgan.
“Operatorlarimiz oilaviy zöravonlik holati böyiça fuqarolarning xabarlarini qabul qilib olişadi va zudlik bilan ijroga qaratişadi. Bu keça-yu kunduz xizmat körsatadi, abonentga biryöla huquqiy maslahat, psixologik yordam va boşqa körinişdagi amaliy maslahatlar ham berib boriladi.
Bundan taşqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi bölinmalari xodimlari uçun esa duç kelayotgan muammolar böyiça alohida işonç telefoni faoliyati yölga qöyilmoqda, u ham kun-u tun, ya’ni 24/7 rejimida işlaydi. Mutaxassislarimiz joylardagi xodimlardan kelib tuşgan murojaatlarni tezkorlik bilan örganib, hal etiş çoralarini körişadi. Mazkur yönalişdagi platforma Özbekiston uçun yagona hisoblanadi”, deydi Baxtiyor Berdialiyev.
10 oyda zöravonlikka uçragan 4500dan ortiq fuqaro reabilitatsiya markaziga murojaat qilgan
IIV mulozimiga köra, oilaviy zöravonlik böyiça xabarlar “1259” qisqa raqami yoki 10 yanvardan faollaştiriladigan Telegram'dagi maxsus bot orqali qabul qilinadi.
Oilaviy zöravonlik holati böyiça xabarlar deganda turmuş doirasida jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir ötkaziş yoki bunday ta’sir ötkaziş çoralarini qöllaş bilan tahdid qiliş orqali kimningdir hayoti, soğliği, jinsiy daxlsizligi, şa’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boşqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan ğayrihuquqiy harakat (harakatsizlik)lar töğrisida yordam körsatişni sörab yöllangan xabarlar tuşuniladi.
400ga yaqin erkak Ayollarni reabilitatsiya qiliş markazlariga murojaat qilgan
Şuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi bölinmalari xodimlari “1286” qisqa telefon raqami yoki 10 yanvardan işga tuşiriladigan Telegram bot orqali protsessual-huquqiy yordam va sohaga oid maslahatlar olişlari hamda tizimda bölayotgan holatlar yuzasidan murojaat, taklif va muammolarini yöllaşi mumkin.








