Jamiyat | 17:23 / 04.01.2022
6927
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda 2021 yilda qancha fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlangani ma’lum qilindi
2021 yilda O‘zbekiston aholisining tegishli qatlamini emlash uchun 39 203 933 doza vaksina qo‘llanilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri matbuot kotibi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yilda to‘liq vaksina kursini olganlar 18 yoshdan katta emlanuvchilarga nisbatan 63 foizdan yoki 13,5 million nafardan oshgan.
To‘liq emlanganlarning:
- 852 574 nafari 65 yoshdan oshganlar;
- 427 833 nafari tibbiyot xodimlari;
- 431 274 nafari maktab o‘qituvchilari;
- 167 064 nafari maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari;
- 828 103 nafari surunkali kasalligi bor fuqarolardir. To‘liq emlanganlarning qolgan qismi boshqa aholi vakillari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Koronavirusga qarshi to‘liq emlangan aholining eng katta qismi Samarqand viloyatida bo‘lib, viloyatda 1 765 228 nafar fuqaro to‘liq emlangan. Koronavirusga qarshi to‘liq vaksina olganlar viloyatda emlanishi ko‘zda tutilgan 18 yoshdan katta aholining 74 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.
- O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 2021 yil 1 apreldan boshlangandi. Emlash ixtiyoriy va bepul, fevral oyida vaksina olishdan bosh tortganlarga hech qanday chora ko‘rilmasligi aytilgandi. Iyun oxiridan boshlab esa Toshkentda 18 yoshdan oshganlar koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi. 28 sentyabrdan 12 yoshdan katta bolalarni ham koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlashga ruxsat berildi.
- Iyul o‘rtalarida O‘zbekistonda 18 yoshdan oshgan 14 ta toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishi shart etib belgilandi. Ular orasida aholi bilan muloqotga kiruvchi barcha turdagi xizmat ko‘rsatish obektlarining (davlat xizmatlari markazlari, pochta bo‘linmalari, banklar, lizing tashkilotlari, notariuslar, sug‘urta kompaniyalari, go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar va boshqalarning) xodimlari ham bor.
Mavzuga oid
21:15 / 24.08.2024
Yevrokomissiya respirator viruslar tarqalishiga qarshi vaksinani ma’qulladi
23:25 / 15.10.2022
Koronavirusdan o‘lim miqdori rekord darajada pasaydi
10:21 / 09.02.2022
SSV emlanishga chaqirmoqda: Zangiotada o‘lim holatlari emlanmaganlar orasida qayd etilgan
19:45 / 26.01.2022