2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, Belgiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Italiya, Ispaniya, Turkiya, Shveytsariya, Chexiya, Polsha va Skandinaviya mamlakatlariga oliy darajadagi tashriflarni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Yevropa davlatlari va hukumatlarining rahbarlari hamda Yevropa ittifoqi rahbariyatining O‘zbekistonga tashriflarini ishlab chiqish ham mo‘ljallanmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari moddiy-texnik bazasini oshirish, mamlakatning chet eldagi yangi diplomatik vakolatxonalarini ochish ishlari amalga oshiriladi.

Bunda, O‘zbekistonning Shvetsiyada elchixonasini ochish jarayoni tezlashtiriladi, O‘zbekistonning Chexiyada diplomatik vakolatxonasini ochish masalasi ishlab chiqiladi.

O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlaridagi (Avstriya, Italiya, Polsha va Latviya) bir qator diplomatik vakolatxonalarining moddiy-texnik bazasi, shuningdek, xodimlar salohiyati qo‘shimcha shtat birliklarini ajratish orqali mustahkamlanadi.