Qozoğiston hukumati aholining suyultirilgan gaz narxi kötarilişiga qarşi noroziliklaridan söng narxni tuşirişga rozi böldi.
Ma’lum qilinişiça, hukumat komissiyasi a’zolari Aqtaudagi namoyişçilar bilan uçraşgan va Manğistau oblasti uçun bir litr gaz narxi 50 tenge deb belgilanişini bildirgan.
"Interfaks" xabariga köra, Aqtaudagi miting iştirokçilari tarqalişni istamayapti va mamlakat prezidenti Qosim-Jömart Töqayevning kelişini talab qilmoqda.
Ular çodirlar örnatişgan va "Töqayev kelmaguniça bu yerdan ketmaslik"larini aytişgan.
Tengrinews’ning xabar berişiça, Qozoğiston prezidenti namoyişçilarga murojaat bilan çiqqan.
"Namoyişçilardan jamiyatimizdagi barqarorlik va birlikni izdan çiqarişdan manfaatdor buzğunçi şaxslarning çaqiriqlariga javob bermaslikni iltimos qilaman. Ijtimoiy-iqtisodiy tusdagi boşqa talablar alohida körib çiqiladi", - deb yozgan u Twitter sahifasida.
Manğistau oblastida 2 yanvardan beri aholi suyultirilgan gaz narxi oşirilganiga qarşi norozilik mitinglari ötkazmoqda. Norozilik namoyişlariga Qozoğistonning boşqa şaharlari aholisi ham qöşilgani aytilmoqda.


















