Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diplomatik vakolatxonalarimiz Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi – TIV rasmiy vakili
Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusufbek Qobiljonovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi va Bosh konsulxonalari ushbu mamlakat hududidagi O‘zbekiston fuqarolari, shu jumladan talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Shuningdek, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda hamda zarur holatlarda O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
«Shu bilan birga, Qozog‘istonning ayrim hududlarida favqulodda holat e’lon qilinishi munosabati bilan mazkur mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlarga rioya qilishlarini so‘raymiz.
Zarurat tug‘ilganda, hamyurtlarimiz istalgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasining Nur-Sulton (telefon: +7 771 020 36 73), Olmaota (telefon: +7 777 950 44 33) va Aqtau (telefon: +7 777 599 00 51) shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin», — deyiladi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili bayonotida.
Mavzuga oid
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
20:11 / 01.06.2026
Qozog‘istonda yangi «hokimiyat partiyasi» - «Adolat» rasman ro‘yxatga olindi
18:42 / 01.06.2026
YeI Qozog‘iston va O‘zbekistonda migratsiya markazi ochishi mumkin - OAV
17:43 / 31.05.2026