24 yanvardan keyin ta’lim jarayonlari onlayn formatga ötkazilmaydi. Bu haqda Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi boş boşqarma boşliği Abduvali Xoliqov ma’lum qildi.
“24 yanvardan keyin ta’lim jarayonlari onlayn formatga ötkazilmaydi. Yakuniy nazorat imtihonlari öz vaqtida bölib ötadi”, dedi Abduvali Xoliqov.
Oliy va örta maxsus ta’lim vaziri örinbosari Rahimjon Hakimovning aytişiça, mamlakatdagi oliy öquv yurtlarida kunduzgi tarzda ta’lim olayotgan talabalarning 70 foizi koronavirusga qarşi ixtiyoriy tarzda emlangan.
Avvalroq, Özbekistonda talabalarga qişki ta’til muddati 13 kunga uzaytirilgandi.
Ma’lum qilinişiça, 24 yanvarga qadar moliyaviy mustaqillikka erişgan hamda kredit-modul tizimiga ötgan barça OTMlar rahbariyati va professor-öqituvçilari uçun seminar-treninglar olib boriladi.
Şuningdek, talaba-öquvçilarga öz uylaridan ta’lim muassasalariga qaytişlariga qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida avia hamda temir yöl çiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida çegirma berilişi muddati ham 2022 yilning 24 yanvariga qadar uzaytirildi.
Bundan taşqari, 2022 yilning 11 yanvarigaça bölgan muddatga xarid qilingan avia va temir yöl çiptalari bepul tarzda tegişli muddatga almaştirib beriladi.

















