Konsepsiyami yoki imitatsiya? - jamoat transportining yeçilmagan muammolari
|03:00 / 10.01.202228 59013 min
Transport vazirligi Toşkent transport va yöl infrastrukturasini qanday tasavvur etişi haqida.
2021 yil dekabrida Özbekiston Transport vazirligi tomonidan işlab çiqilgan Toşkent şahar transporti va transport infratuzilmasini 2025 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi loyihasi e’lon qilindi.
Ayrim ijobiy jihatlarini hisobga olmaganda, bu hujjat «konsepsiya» tuşunçasiga mos kelmaydi, deb ayta olamiz. Zero, u konseptual yondaşuv, yeçim, ilmiy asoslangan takliflar, şahar aholisi uçun zarur bölgan ğoyalarni özida aks ettirmagan.
Konsepsiya nima?
«Konsepsiya» tizimli qaraşlar, tuşunçalar, mazmun va maqsadlarni aks ettirişi kerak, faqatgina çora-tadbirlarni emas. Funksiyasiga köra transport va yöl infrastrukturasi konsepsiyasi keng qamrovli, yöl-transport siyosatining asosiy yönalişlarini belgilaydigan bölişi lozim.
Konseptual yondaşuv boşqaruvdan boşlanişi kerak
Mazkur konsepsiya eng muhim masalani — yöl-transport infrastrukturasi boşqaruvi masalasini qamrab olmagan. Vaholanki, yaxşi boşqaruvsiz na yaxşi yöl va na yaxşi transport tizimi böladi.
Toşkent şahri misolida aytadigan bölsak, yöl-transport infrastrukturasi turli vazirlik va idoralar boşqaruvida bölib, aniq va uyğun tizim, yagona siyosat yöq. Yöllar bir paytning özida Transport vazirligi, hokimliklar, Vazirlar Mahkamasi boşqaruvida, yöllarni rejalaştiriş mahalliy hokimiyat taklifi va Vazirlar Mahkamasi darajasida, jamoat transporti hokimlik tarkibidagi Transport boşqarmasi boşqaruvida.
Bunday holat samarador boşqaruvni taşkil etişga tösqinlik qiladi. Transport tizimini, ayniqsa jamoat transportini muttasil örganib boriş öta past darajada. Konsepsiyada körsatilgan avtobuslar, bekatlar, trotuarlarni yangilaş va boşqa tadbirlar yaxşi boşqaruv şaroitidagina samarali olib boriladi. Yöqsa, avtobus yangilaş uçun har safar yangi konsepsiya qabul qilişga töğri keladi...
Konsepsiya jamoat transportiga nisbatan konseptual islohot ğoyalarini taqdim etmagan. Unda yangi transport yönalişlari oçiş, avtobuslarni yangilaş kabi takliflardan taşqari, jamoat transporti maqsadi, boşqaruvi, tizimli işlaşi uçun möljallar keltirilişi kerak edi.
Jamoat transporti mahalliy hokimiyat tomonidan (jamoatçilik kengaşi bilan birga) yagona siyosat asosida boşqarilişi, doimiy tadqiq qilinişi kerak.
Mavzuga oid
«Sal yurişinglar, örta böş-ku!»
Tirbandlik, yöldagi ölimlar, jarohatlar, ekologik zarar va boşqa yöl-transport muammolarining asosiy yeçimi — yaxşi jamoat transporti. Jamoat transporti şahar aholisining muhim bazaviy ehtiyojidir. Undan foydalanuvçilarning asosiy qismini örta va kam daromadli aholi, şu jumladan yoşlar (öquvçi va talabalar) taşkil etadi (Şu yerda aytiş kerakki, yoşlarga aynan qulay transport infrastrukturasi köproq kerak, dabdabali forumlar emas).
Konsepsiyada şahar jamoat transporti muammolari va ularning sabablari sifatida yönaliş tarmoği eskirgani, şu sabab aholi talabi qondirilmagani, avtobuslar oraliq kutiş vaqtlari uzoqligiga esa texnik nosozlik sabab bölayotgani keltirilgan.
Özim jamoat transportidan doimiy foydalanuvçi odam sifatida aytişim mumkinki, bugun Toşkent şahrida jamoat transporti ayançli ahvolda, avtobuslarda yuriş katta stress va vaqtni isrof qilişdir.
Muammolarning ayrimlari:
Avtobuslar oraliq kutiş vaqti juda katta va aniq emas, manzilga vaqtida bora olmaysiz, köp kutasiz va tiqilinçda azoblanasiz.
Avtobus saloni tölganda ham haydovçilar uni yanada töldirmoqçi böladi.Buning yeçimi topilişi kerak.
Avtobuslar taşiş hajmi juda past, doimiy tiqilinç, noqulay va xavfli.
Kiçik siğimli avtobuslar köp.
Avtobuslardagi konduktorlar noqulaylikni oşiradi.
Haydovçilar yönalişdagi boşqa avtobuslar bilan raqobatlaşib, ba’zida juda sekin (5-6 km/soat), ba’zida öta tezlik bilan yurişadi, katta bekatlarda esa köp kutib qolinadi.
Haydovçi va konduktorlarning xulq-atvori masalasi... Sigaret çekiş, baqirib gaplaşiş, yölovçilarga «örta böş-ku, yurişinglar», deb hayqirişlar...
Bular muammolarning hammasi emas.
Mazkur holat sabab odamlar taksidan köproq foydalanadi yoki şaxsiy avtomobil olişga majbur böladi. Bu esa tirbandliklarga, yöllardagi ölim va jarohatlaniş köpayişiga, ekologiyaga zarar yetkazilişiga sabab böladi.
Zamonaviy şaharlar tajribasi yengil relsli transportlar (tramvay) afzalligini körsatmoqda, zero bu transport ekologik toza, tirbandlikka xizmat qilmaydi, arzon va tez. Biz esa tramvaylardan voz keçdik.
Bosib olingan bekatlar
Poytaxtdagi aksariyat avtobus bekatlari hududlari savdo va xizmat körsatiş dökonlariga berilgan. Oqibatda bekat hududida transport kutişga joy kam qolgan, yölovçilar yölning harakatlaniş qismida avtobus kutişga majbur. Dökondan savdo qiliş uçun töxtagan avtomobillar sababli avtobuslar bekatlarga töxtay olmaydi.
Buyuk ipak yöli bekati (TTZ massivi tomonga ketadigan yönaliş). Yölovçilar harakatlaniş qismida turişga majbur.
Buyuk ipak yöli bekati (TTZ massivi tomonga ketadigan yönaliş). Yölovçilar haratlaniş qismida turişga majbur. 2021 yil dekabr oyining oddiy iş kuni, soat 18:45.
«Biy» bekatida avtobus kelmagaç, harakatlaniş qismida taksi töxtatiş.
TTZ buyum bozori yonidagi avtobus bekati. «Bekat» savdo dökonlari bilan bosib olingan, avtobuslar ham töxtay olmaydi.
Şahar xavfsiz, töğri taqsimlangan, qulay va ekologik toza bölişi kerak
Dunyo aholisining yarmidan köproği (4 mlrd kişi) şaharlarda yaşaydi, dunyo yalpi mahsulotining 75 foizi şaharlarda yaratiladi. Rivojlangan dunyo şahar yöl infrastrukturasida avtomobillar hukmronligidan, şuningdek tezroq va köproq avtomobil ötkazadigan yöllar konsepsiyasidan voz keçgan.
Şahar piyodalar (yöl iştirokçilarining 90 foizini taşkil qiladi) uçun bölsagina u xavfsiz va toza böladi. Şaharni avtomobillaştiriş ğoyasi eskirgan va mağlubiyatga uçragan. Şaharni (qişloqni) qançalik avtomobil uçun qulay qilmang, qançalik keng yöllar qurmang, tirbandlik, şovqin, ölim va jarohatlar kamaymaydi.
«Piyodalar ustuvorligi» ğoyasi mazkur Konsepsiya loyihasida tilga olinganiga qaramasdan, mazmunan piyodalar xavfsizligi, qulayligi va ekologik tozaligini ta’minlaydigan çoralarni yetarliça qamrab olmagan.
Zamonaviy şahar yöl infrastrukturasida yöllar xavfsiz va ekologik zararsiz bölişi kerak: avtomobillar kamroq yurişi, piyodalar, bolalar aravaçasi, nogironlar aravasi, velosipedlar uçun avtomobillar bilan teng miqdorda makon ajratilişi kerak. Konsepsiya loyihasi esa avtomobil yöllarini boğlaş, avtomobillar uçungina qulay yöllar yaratiş (tezroq va köproq avtomobil ötkaziş) uçun boğlamalar qurişni nazarda tutadi. Ya’ni, unda eski yöl konsepsiyasi mohiyatan özgarmagan, avtomobillarni köproq va tezroq ötkaziş şahar yöllarining asosiy mazmuni, deb körilgan.
Konsepsiya transport-ötiş boğlamalar qurişni nazarda tutadi. Albatta, ayrim boğlamalar (xuddi yöllarni kengaytiriş kabi) vaqtinça samara berişi mumkin, lekin yölning (xoh şahar yöllari, xoh şaharlararo yöllar bölsin) fundamental qoidasiga köra ular tirbandlikni kamaytiriş uyoqda tursin, balki köpaytiradi. Masalan, butun şaharning yarmini buzib yöl qursangiz ham tirbandlikni kamaytirolmaysiz, demak maqsadni töğri belgilaş kerak. Quyidagilar bilan tanişib çiqişni tavsiya etaman.
Toşkentda jiddiy tirbandliklar hali boşlanmadi, hammasi oldinda. Monopoliya va aholi daromadi kamligi sabab avtomobillar soni Özbekistonda kam (taxminan 3,7 mln dona avtomobil mavjud).
Bu sohadagi ilmiy tadqiqotlar va yuzlab şaharlarning aççiq tajribalaridan xulosalari Konsepsiyada aks etişi maqsadga muvofiq bölardi:
1. Yöllarni köpaytiriş, kengaytiriş va ularni tonnel, köpriklar (boğlamalar) orqali boğlaş tirbandlikni faqatgina köpaytiradi. Dunyodagi eng keng yöl AQŞdagi 26 polosali Keti erkin yöli (Katy freeway) bunga misol: yöl kengaytirilganidan keyin undagi tirbandlik 70 foizga ortgan.
Ilmiy tadqiqotlar isbotlagan fundamental qoidaga köra, yöl qança köp va keng bölsa, tirbandlik şunça köpayadi. Bugungi yöllar avtomobillarni köproq va tezroq ötkazişni emas, balki köproq odamni ötkaziş orqali xavfsiz muhitni ta’minlaşi kerak: köproq odam yölda yurişi uçun esa yaxşi jamoat transporti zarur.
2. Jamoat transportining xarobligi aholi hayotining köplab sohalariga salbiy ta’sir etadi, jumladan daromadlariga, mehnat unumdorligiga va bu hatto tengsizlikka yöl oçadi. Deyarli barça mamlakatlarda YaIMning asosiy qismini yaratuvçi şaharlar bölsa, ularning ustunligi kompaktlik, qulaylik va mobillikdir, bu esa jamoat transport infrastrukturasi bilan ta’minlanadi. Ya’ni, yaxşi jamoat transporti bu nafaqat inson qadri va ekologiya uçun, balki iqtisodiy samaradorlik uçun ham ğoyat muhim omil.
3. Trotuarlar juda kam va bori ham talabga javob bermaydi: yuriş qiyin, bolalar yoki nogironlar aravaçasi bilan harakatlaniş deyarli imkonsiz. Demak, butun şahar böyiça trotuarlar quriş kerak. Trotuarlarga avtomobil qöyiş, ularda avtomobilda harakatlanişni butunlay töxtatiş çoralarini köriş lozim. Bu ham konsepsiyada aks etişi kerak. Trotuarlarda faqat piyoda harakatlanişi uçun tösiqlar qöyilişi, ta’sir çoralari kuçaytirilişi lozim.
4. Katta yöllar (masalan, halqa yöllari)ni kesib ötiş öta xavfli. Kesib ötiladigan qismlarni toraytiriş lozim. Piyoda ötiş joylari juda kam va noqulay. YXHB öz körsatuvlarida yölni «belgilanmagan joy»larda kesib ötayotgan piyodalarni ayblaydi. Holbuki, piyoda yölni kesib ötiş uçun öziga eng qulay joyni tanlaydi. Yer osti yölidan ötişga tarğib qilayotganlarning qöliga bolalar aravaçasi berib, yer osti yölidan ötişni taklif qiliş kerak... Yoşi kattalar, jismoniy imkoniyati çeklanganlar-çi?...
Soliq tölovçilarning aksariyati bölgan (90 foiz) piyodalar öz puliga qurilgan yöllarni kesib ötişga qiynalişini, jonini xavf ostiga qöyişini nima bilan izohlaymiz? Yöllar kesib ötişga qulay bölişi, svetoforli bölişi kerak. Rivojlangan dunyo şu yöldan boryapti, qimmat yer osti va yer usti piyoda ötiş yöllari ötmişda qolyapti.
5. Boşqarilmaydigan (svetoforsiz) piyoda ötiş joylari juda köp, u yerlarda muntazam ravişda köplab odamlar halok böladi (şu yölakni loyihalaştirganlar, qaror qabul qiluvçi rahbarlar öz farzandlari şu yölaklardan ötişiga rozi bölarmikin?). Bunday boşqarilmaydigan piyoda yölaklari faqatgina bir polosali kiçik yöllardagina qöyilişi mumkin, katta yöllarga emas.
6. «Yöl berib öngga buriliş mumkin» qoidasi ham piyodalar va avtomobillarning bir vaqtda harakatlanişiga va noqulayliklarga sabab bölmoqda, keng yöllarda (ikki va köp polosali) bunday belgi qöyiş notöğri va xavfli.
Katta çorrahalarda (masalan, Mirzo Uluğbek prospekti va Maxtumquli köçalari kesişuvida) kesib ötayotgan piyodalar va öngga burilayotgan avtomobillar holati oçiqdan oçiq soliq tölovçi piyodalar ustidan kulişdir. Bu belgi yana öşa avtomobillar tezroq ötişi uçun kerak, yana piyodalardan avtomobillarning ustunligini anglatadi. Qolaversa, bu belgi tirbandlikni aslo kamaytirmaydi. Aslida, bunday qoida ham 1 polosali kiçik yöllardagina qöllanadi, bizning katta yöllarda bunday yölaklar qöyiş... qotillikka teng.
Şahrimiz yöllarini izohlovçi surat.
Yöllardagi jarohat va ölimlar uçun mas’uliyat
Keltirilganlar yöl infrastrukturasidagi muammolarning ayrimlari xolos. Ularni birlaştiruvçi jihat bu — hozirda şahar yöllari töliq avtomobillar uçun ekanligi, aynan maşinalar tezroq (piyoda hayotiga xavf soliş evaziga bölsa ham) manziliga yetib olişi kerak, degan ğoyada barpo etilayotgani. Bugungi kunda butun dunyo bu ğoyadan voz keçgan.
YTHlarda (ölim va jarohatlarda) haydovçi yoki piyodagina emas, yölni notöğri loyihalaştirgan, uning şu şaklda qurilişiga mas’ul mansabdor şaxslar (şuningdek, mutaxassislar ham) ham javobgar bölişi lozim, aks holda heç narsa özgarmaydi.
Xullas, zamonaviy şahar yöl-transport infrastrukturasi konsepsiyasi jamoyat transportini rivojlantiriş, kesib ötişni qulay qiliş, avtomobil oqimini kamaytiriş (köpaytiriş emas), tezlikni pasaytiriş (30 km/soat) nuqtayi nazaridan körilişi lozim.
Ötkirbek Xolmirzayev,
Toşkent davlat yuridik universiteti öqituvçisi, PhD
UPD. Maqolada tilga olingan konsepsiya 2022 yil 3 fevral kuni tasdiqlandi.