Xorazm viloyati Yangiariq tumanida 10 yildan beri tadbirkor foydalanib kelgan ko‘l harbiy qismga olib berilgan. Qonun bo‘yicha sud orqali olinishi kerak bo‘lgan yer hokim qarori bilan qaytarib olingan.

Kun.uz'ga murojaat bilan kelgan “Yangiariq Oxun” fermer xo‘jaligi yuriskonsulti G‘ayrat Sobirov sudlarda davom etgan kurashda xo‘jalikning mag‘lub bo‘lishiga mudofaa vazirining Oliy sud raisi Kozimjon Komilov nomiga yo‘llagan “iltimosi” sabab bo‘lganini iddao qilmoqda.

Yer qanday asoslarga ko‘ra qaytarib olindi?

2010 yilda Yangiariq tumani hokimining qarori bilan Ostona qishlog‘i hududidan 25,1 gektar yer maydoni “Yangiariq Oxun” fermer xo‘jaligiga baliq ko‘li tashkil qilish uchun ajratib beriladi.

2020 yil noyabr oyida Urganch harbiy prokuraturasi Xorazm viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasiga Yangiariq tumanidagi 53008-sonli harbiy qism yerlarini o‘rganish bo‘yicha topshiriq beradi.

Kadastr boshqarmasi holatni o‘rganib, fermerga ajratilgan 25,1 gektar yer maydoni avval 53008-sonli harbiy qismga tegishli bo‘lgani haqida xulosa qiladi va Yangiariq tuman hokimligiga hududni harbiy qism ixtiyoriga qaytarish choralarini ko‘rish haqida taqdimnoma kiritadi.

Taqdimnomaga asosan, Yangiariq tuman hokimining 2020 yil 26 noyabrdagi 1690q-sonli qarori bilan 973-konturdagi 25,1 gektar yer maydoni “Yangiariq Oxun” fermer xo‘jaligidan qaytarib olingan.

Hokimning 26.11.2020 yildagi qarori

E’tiborli jihati, yer maydoni aynan qanday asosga ko‘ra harbiy qismga tegishli bo‘lgani haqida xulosa qilingani noma’lum.

Chunki tadbirkor qo‘lidagi xaritada fermer xo‘jaligidan olib qo‘yilgan yer harbiy qism hududiga kirmasligi ko‘rinadi (bu haqida maqola davomida batafsil).

Voqealar rivoji

Yuqorida aytilganidek, 2020 yil 26 noyabrda Yangiariq tuman hokimi M.Xudoyberganov kadastr boshqarmasi taqdimnomasiga asosan 1690q-sonli qaror chiqarib, fermer xo‘jaligiga yer ajratilishi haqidagi qarorni bekor qilgan. “Yangiariq Oxun” fermer xo‘jaligi ma’muriy sudga ariza kiritgan va sudning 2021 yil 23 martdagi qarori bilan hokimning ana shu (1690q-sonli) qarori haqiqiy emas deb topilgan. Ya’ni fermer ilk sudda yutib chiqqan