O‘zbekiston | 10:08 / 12.01.2022
2154
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda psixotrop vositalarini noqonuniy saqlayotgan shifokorlar ushlandi

Foto: IIB axborot xizmati

Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokorlari psixotrop vositalarini yashash uyida va xizmat xonasida noqonuniy saqlab kelgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Sharof Rashidov tumani “Saroylik” MFYda yashovchi, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokorining xizmat xonasi ko‘zdan kechirilganida u 0,2 gramm “Ketamin” hamda 0,01 gramm “Dizepam” psixotrop dori vositalarini saqlayotgani aniqlangan.

Mazkur tibbiyot muassasasining yana bir shifokori, Zarbdor tumani “Yangibo‘ston” MFYda yashovchi fuqaroning xizmat xonasida esa 39 ta shishadagi 0,39 gramm “Dizepam”, 1,6 gramm “Ketamin” hamda 18 ta shishadagi 18 gramm “Oksibutirat natriy” psixotrop vositalari borligi ma’lum bo‘lgan.

Tezkor tadbirda ushbu shaxsning yashash uyidan ham psixotrop dori vositalari topilgan. Ushbu qonunbuzarliklar jamoada muhokama qilinib, sabab va oqibatlari aytildi. Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini saqlashning tartib-qoidalari yana bir bor tushuntirilgan.

Mavzuga oid