Respublika maxsus komissiyasi Özbekistonda koronavirusning yangi ştammi omikron kirib kelişi munosabati bilan 9 yanvar kuni navbatdagi çeklov çoralarini e’lon qilgandi.

Unga köra, 15 yanvardan:

  • Xorijdan kirib keluvçilar (avtomobil harakati bundan mustasno) manfiy natija bergan PsR-test töğrisidagi ma’lumotnomaga ega bölişi kerak (kamida 48 soat oldin olingan).
  • Agar  PsR-test bölmasa, aeroport/vokzal/çegara ötkaziş punktlarida ekspress test topşirişi şart böladi.

Şuningdek, Umra ziyoratidan qaytadigan Özbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoni hududida PsR- yoki ekspress-test topşiradi. Test natijalari özbek tibbiyot xodimlari tomonidan olinadi. Özbekistonga faqat manfiy natija körsatgan holda qaytiş mumkin.

Eslatib ötamiz, 7 yanvar kuni Dubaydan Toşkentga kelgan reys yölovçisida koronavirusning yangi ştammi aniqlangandi. Sönggi hafta davomida mamlakatda kunlik kasallaniş körsatkiçlari ortib bormoqda - sönggi kunda 714 kişiga taşxis qöyilgan (bir kun oldingi körsatkiç 604ta edi).