Hammasi nimadan boşlangandi?
17 yanvar kuni Avstraliyada tennis böyiça yilning ilk «katta dubulğa» toifasidagi musobaqasi boşlanadi. Musobaqaning amaldagi ğolibi bölmiş dunyoning birinçi raketkasi Novak Jokoviç 5 yanvar kuni Avstraliyaga boradi. Tabiiyki, qölida Avstraliyaga kirişga ruxsat beradigan viza bilan. Ammo Novak koronavirusga qarşi vaksina olmagani sabab mamlakatga kiritilmaydi. Çunki Avstraliya qonunçiligiga köra, emlanmaganlar kim bölişidan qat’i nazar, mamlakatga kiritilmaydi. Hatto tennis qiroli uçun ham istisno qilinmadi.
Keyin Jokoviç emlaniş mumkin emasligi haqida tibbiy guvohnoma taqdim etadi. Ammo hujjatlar töliq emas, degan iddao bilan uni mamlakatga kiritişmaydi. Çunki Jokoviç nega emlanişi mumkin emasligi haqida tibbiy xulosa yöq edi. Şu tariqa Jokoviçning vizasi bekor qilindi. Xullas, «dokument çatoq»ligi uçun dunyoning birinçi raketkasi atrofida jiddiy mojaro boşlandi. Avstraliya hukumati qaroriga qarşi apellyatsiya berdi, işni körib çiqqunça uni karantinga olişdi. Sud Avstraliya çegaraçilarining Jokoviçni mamlakatga kiritmaslik böyiça qarorini bekor qildi.
Sudda yutgaç, Serbiyalik tennisçiga Avstraliya vizasi qaytib berildi. Ammo sportçi Avstraliya oçiq çempionatiga tayyorgarlik körişi mumkin bölib turgan bir vaqtda uning vizasi ikkinçi marta bekor qilindi. Bu gal yolğon körsatma bergani uçun. Gap şundaki, hujjatlarda Jokoviç Avstraliyaga kelganidan avval 14 kun davomida bir yerda bölganini körsatgan. Ammo Monakado istiqomat qiluvçi tennisçi bu orada Serbiya va Ispaniyada bölgan. Serbiyada özining surati tuşirilgan poçta markasi taqdimotida iştirok etganini aytgan tennisçi hujjatlarni töldirişda xatoga yöl qöyganini ta’kidladi.
«Agentim Avstraliyaga kelişimdan avvalgi manzillarimni xato körsatgan. U qilgan xatosidan qattiq afsusda. Işoning, bu inson faktori bilan boğliq xato», dedi Jokoviç bu haqda.
14 dekabr kuni Jokoviç Belgraddagi basketbol matçida iştirok etgan. Öşa öyinda iştirok etganlarning köpçiligida koronavirus aniqlangan. 16 dekabr kuni Jokoviçda koronavirus aniqlanadi. Özining aytişiça, topşirgan PZR-testi musbat çiqqanini bilmagan holda Belgraddagi ommaviy marosimda qatnaşgan. Özining surati tuşirilgan poçta markasi taqdimotida Jokoviç niqobsiz bölgan, odamlar bilan qöl berib körişgan, zalda bolalar ham bölgan.
Jokoviç test natijasini bilmaganini aytmoqda, ammo OAVga köra, laboratoriyada test javobi 16 dekabr kuni 20:20 da çiqqan. Tennisçining aytişiça, özida virus aniqlanganini bilgan holda faqat bitta uçraşuvda iştirok etgan: L'Equpie naşriga intervyu bergan. Ammo jurnalistni virus taşuvçi ekanidan xabardor qilganmi yöqmi, aniq emas.













