Daniya va Niderlandiya Pekindagi qishki Olimpiada o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qildi.

Qayd etilishicha, Niderlandiya Xitoy musobaqalarga xorijlik tomoshabinlarni qo‘ymasligi sababli Pekinga hukumat delegatsiyasini jo‘natmaydi.   

Daniya Xitoyda inson huquqlari buzilishiga norozilik sifatida Olimpiadani boykot qildi.

Avvalroq AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Kanada ana shunday qaror qabul qilgandi.

Qishki Olimpiada o‘yinlari 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.