Respublika maxsus komissiyasining 9 yanvar va 11 yanvardagi qarorlariga asosan, koronavirusning “omikron” ştammi tufayli 15 martdan boşlab Özbekistonga kirişda yangi tartib örnatilgan.

Taşqi işlar vazirligi axborotiga köra:

1. 15 yanvardan boşlab Özbekiston hududiga kirib kelayotgan fuqarolar (avtomobil harakati bundan mustasno) kirişidan kamida 48 soat oldin PZR usulida ötkazilgan koronavirusga salbiy test natijasini taqdim etişlari, şuningdek, Özbekiston hududiga kirişda koronavirus infeksiyasi mavjudligini aniqlaş uçun ekspress antigen testini topşirişlari şart.

2. Qirğiziston hududidan çegara avtomobil ötkaziş punktlari orqali kirib kelayotgan fuqarolar kirişidan kamida 48 soat oldin PZR usulida ötkazilgan koronavirus infeksiyasi böyiça faqat salbiy test natijasini, boşqa çegaradoş davlatlar hududidan kirib kelayotgan fuqarolar esa koronavirus infeksiyasi mavjudligiga ekspress-antigen test topşirişlari kerak.

3. Şu bilan birga, 15 yanvardan boşlab Özbekistonning Qozoğiston bilan davlat çegarasini ikki davlat fuqarolarining kesib ötişi vaqtinça töxtatiladi. Quyidagi toifalarga mansub şaxslar bundan mustasno:

  • havo yöllari orqali kiruvçi barça toifadagi fuqarolar;
  • vataniga qaytgan Özbekiston va Qozoğiston fuqarolari (keyingi örinlarda tomonlarning fuqarolari deb yuritiladi);
  • hukumatlararo kurerlik aloqasi xodimlari;
  • xalqaro yuk taşişni amalga oşiruvçi haydovçilar;
  • rasmiy (hukumat) delegatsiyalari tarkibida bölgan şaxslar;