Uzbekistan Airways samolyoti Minsk aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti kuchli qor va bo‘ron sharoitida Minsk aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jarohat olganlar yo‘q.

Foto: t.me/MinskNationalAirport
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti Minsk milliy aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi. Bu haqda mahalliy aeroport matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent—Minsk yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirgan Airbus A-320 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 11:45da (Toshkent vaqti bilan soat 13:35) Minsk milliy aeroportiga qo‘ngan, biroq kuchli qor va bo‘ron tufayli uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan.
Samolyot bortida 115 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q. Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida samolyotga shikast yetmagan. Hozirda voqea joyida avariya-qutqaruv xizmatlari ish olib bormoqda.
Uzbekistan Airways AJ matbuot kotibi Kamola Ikromovaning Kun.uz’ga qo‘shimcha ma’lumot berishicha, barcha yo‘lovchilar ayni paytda Minsk aeroportida bo‘lib turibdi, ularga zarur yordam ko‘rsatilgan, joy bilan ta’minlangan. Havo kemasi ziyon ko‘rmagan.
Samolyot qachon ortga qaytishi noma’lum. Bu haqda avariya-qutqaruv guruhi ishi yakuniga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45
-
Andijonda Bobur shahri paydo bo‘ladi
O‘zbekiston | 19:42
-
AQSh Rossiyaning Sumiga zarbasini qoralovchi G7 rezolyutsiyasini blokladi
Jahon | 19:41
-
Rossiyada «Ko‘k kit» o‘yini asoschisi 9 yilga qamaldi
Jahon | 19:39
Mavzuga oid

08:18 / 31.03.2025
Uysiz erkak jinlarni haydayman deb, mashinani pachoq qildi

13:27 / 17.12.2024
YeI Minskka qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi

23:39 / 30.11.2024