“Yöqolgan aşyolarni qabul qiliş, saqlaş va egalariga qaytariş yoki tegişli davlat taşkilotlariga topşiriş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, Içki işlar vazirligi tizimidagi “Topilmalar stoli” faoliyati tugatiladi.
2022 yil 1 martdan tuman (şahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan yöqolgan va topib olingan aşyolarni qabul qiliş, saqlaş va egalariga qaytariş yoki tegişli davlat taşkilotlariga topşiriş böyiça davlat xizmatlari körsatiladi. Bu böyiça murojaatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham qabul qiliş yölga qöyiladi.
Bunda özining yoki yaqin qarindoşlarining (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yöqolgan aşyolarni topiş böyiça jismoniy şaxslar yoki yuridik şaxslarning vakillari Markazga şaxsan kelib yoki YaIDXP orqali murojaat qiladi.
Sörovnoma töldirilib, unga yöqotib qöyilgan aşyoning alohida belgilarini aks ettiruvçi fotosuratlar, elektron ma’lumotlar, agar aşyo hujjat bölsa, uning nusxalari ilova qilinişi mumkin.
Topib olingan aşyolar markazda 6 oy davomida saqlanadi. Agar bu vaqt içida topilmani olişga haqli bölgan şaxs aniqlanmasa, aşyoni topib olgan şaxsga uning aşyoga nisbatan mulk huquqi vujudga kelganligi töğrisida xabar beriladi.
Aşyoni topib olgan şaxs uni qabul qilib olişni rad etgan taqdirda, aşyo davlat mulkiga ötadi hamda 3 iş kunida “E-auksion” savdo maydonçasida elektron auksionga qöyiladi.
Markazga kelib tuşgan şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar, guvohnomalar va turli xil rasmiy hujjatlar 1 oy içida egalari tomonidan talab qilinmagan taqdirda, uşbu hujjatni bergan taşkilotga yuboriladi.
Yöqolgan aşyoning topilmaganligi haqida ma’lumotnoma berilganligi uçun BHMning 5 foizi (13 500 söm) miqdorida tölov undiriladi. YaIDXP orqali murojaat etilganda miqdor 10 800 sömni taşkil etadi.
Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida röyxatga olingan şaxslar hamda I va II guruh nogironligi bölgan şaxslar tomonidan berilganda, tölov BHMning 2 foizi (5 400 söm) miqdorida undiriladi. Mazkur tartib jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklar oqibatida yöqolgan aşyolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Markazga xususiyati buziladigan, biologik tarkibga ega bölgan, turi, şakli, miqdori özgaradigan aşyolar, iste’mol qilinadigan mahsulotlar, avtomototransportlar, dori vositalari, qattiq ta’sir qiluvçi zaharli moddalar, psixotrop va giyohvandlik vositalari, ularning prekursorlari, portlovçi va pirotexnik moddalar, qurollar va ularning öq-dorilari, şuningdek, hayvonlar qabul qilinmaydi.
















