Jahon | 09:32 / 20.01.2022
5716
2 daqiqa o‘qiladi

Instagram pullik obunani ishga tushiradi

Blogerlar o‘z kontentidan pul ishlab topish imkoniyatiga ega bo‘ladi, dedi ijtimoiy tarmoq rahbari Adam Mosseri.

Foto: Kun.uz

Instagram ijtimoiy tarmog‘i blogerlar o‘z kontentidan yanada samaraliroq pul ishlab topishi uchun pullik obunalarni yaratish imkoniyatini taqdim etadi. Bu haqda chorshanba kuni ijtimoiy tarmoq rahbari Adam Mosseri ma’lum qildi.

«Bu hafta biz Instagram’da pullik obunaning birinchi versiyasini ishga tushirmoqdamiz, bunda kontent yaratuvchilari mablag‘ ishlab topishi mumkin bo‘ladi. Ular buni oldindan bilgan holda qilishlari muhim va obuna buni amalga oshirish uchun eng yaxshi ishlardan biridir», dedi u.

Yangi pullik funksiya yordamida blogerlar auditoriya bilan bo‘lishishi va faqat ularga obuna bo‘lganlar uchun jonli efir, post va qisqa videolar yaratishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq o‘z pullik obunachilarining izohlarini kontent yaratuvchilar uchun maxsus belgi bilan ajratib ko‘rsatadi. Yangi funksiya dastlab AQShda sinovdan o‘tkaziladi. 

Instagram - bu fotosuratlar, tasvirlar va videolarni joylashtirish va baholash uchun mo‘ljallangan ijtimoiy tarmoq. 2012 yildan buyon u yaqinda nomi Meta deb o‘zgartirilgan Facebook kompaniyasiga tegishli. 2020 yilda ijtimoiy tarmoq mobil ilovasi dunyodagi eng ommabop dasturlardan biriga aylandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid