2021 yilning 12 noyabr kuni Facebook orqali içki işlar vaziriga videomurojaat yöllagan, oradan ikki kun ötgaç qamoqqa olingan profilaktika inspektori Sardorbek Otaboyev xizmat mavqeyidan foydalanib, firibgarlik jinoyati sodir etganlikda ayblanayotgandi.

13 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Namangan şahar sudida Otaboyevga nisbatan sud jarayoni boşlandi. Namangan şahar prokuraturasi sobiq inspektorga nisbatan Jinoyat kodeksining 6ta moddasi böyiça ayblov e’lon qilgan. U mansab vakolati doirasidan çetga çiqişdan tortib dalillarni soxtalaştirişgaça ayblanmoqda.

Ayblanuvçi ayblov xulosasi va iş hujjatlari bilan taniş emasligi sababli, sud işi 24 yanvarga qadar tanaffus e’lon qildi. Kun.uz jamoatçilik diqqat-markazida turgan uşbu sud jarayonini yoritib boradi.
***
Ötgan yilning 20 dekabrida Yangiyöl tumani 2-sonli IIB boşliği profilaktika inspektorlaridan kuniga 2 nafardan fuqaroni jarimaga tortişni talab qilayotgani haqida material berilgandi.
Tahririyatga kelib tuşgan audioda Yangiyöl tumani 2-sonli IIB boşliği podpolkovnik Olim Sobirov ekani aytilgan şaxs qöl ostidagi profilaktika inspektorlariga Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik) va 187-moddalari (jamoat joyida algokol içiş) böyiça ikkitadan ma’muriy bayonnoma tuzib, ertalabki yiğilişga olib keliş haqida topşiriq berayotgani aks etgan:
“Ertaga har bir xodim ertalabgaça ikkitadan, bitta 187, bitta 183, agar buning iloji bölmasa, ikkita 187 yozib, olib kelişi kerak. Şart! Hozir Xayrulla aka [Yangiyöl tumani IIO FMB HPB boşliği Xayrulla Boltaboyev] hammangni çiqarvordi “razvod” önda deb. Hozir önda telefon qilib, qani “protokol”, “naçalnik”ka nima deb javob beraman deyapti.










