O‘zbekiston | 10:54 / 21.01.2022
19461
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda ketma-ket uchinchi kun antirekord qayd etildi

SSV matbuot xizmati O‘zbekistonda ketma-ket uchinchi kun kasallanishlar soni ortgani - so‘nggi bir kunda yana 1300dan ortiq bemor aniqlanib, 400dan ortiq bemor tuzalgani haqida xabar berdi.

Foto: Kun.uz

«2022 yil 20 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 210899 (+1321) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Bu O‘zbekistonda pandemiya boshidan beri navbatdagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi, bundan avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich bir kun oldin qayd etilgan, o‘shanda ilk bor kunlik holatlar 1300dan oshgandi (+1307). 

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 41 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 34 nafari Andijon viloyatida,
  • 51 nafari Buxoro viloyatida,
  • 53 nafari Jizzax viloyatida,
  • 34 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 18 nafari Navoiy viloyatida,
  • 60 nafari Namangan viloyatida,
  • 41 nafari Samarqand viloyatida,
  • 22 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 50 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 173 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 62 nafari Xorazm viloyatida,
  • 158 nafari Toshkent viloyatida,
  • 524 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 21 nafar,
  • Andijon viloyatida 19 nafar,
  • Buxoro viloyatida 53 nafar,
  • Jizzax viloyatida 17 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 11 nafar,
  • Navoiy viloyatida 4 nafar,
  • Namangan viloyatida 13 nafar,
  • Samarqand viloyatida 28 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 10 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 20 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 25 nafar,
  • Xorazm viloyatida 12 nafar,
  • Toshkent viloyatida 109 nafar,
  • Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 201712 (+466) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlardan yana 3 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallik qurbonlari soni 1532 nafarni tashkil qildi.

Mavzuga oid