Xalq ta’limi vazirligi 24 yanvardan boşlab maktablar bir oy davomida onlayn şaklda faoliyat olib borişini ma’lum qildi.
«Koronavirus infeksiyasining yangi ştammi bolalar va yoşlar örtasida tarqaliş xavfining oldini oliş hamda Soğliqni saqlaş vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmatining takliflaridan kelib çiqib 24 yanvardan boşlab maktablardagi ta’lim jarayoni bir oy muddat davomida onlayn şaklda olib boriladi.
Masofaviy şaklda öquvçilarning sifatli ta’lim olişi uçun Milliy teleradiokompaniya telekanallari hamda «Onlayn maktab» telegram kanali orqali berib boriladi. «Onlayn maktab» loyihasi doirasida beriladigan darslar jadvali kunlik ravişda «Onlayn maktab» telegram kanali orqali e’lon qilib boriladi.
Fursatdan foydalanib, Xalq ta’limi vazirligi ota-onalardan farzandlarining uydagi xavfsizligi va soğligini ta’minlagan holda «Onlayn maktab» loyihasi doirasida efirga uzatiladigan darslarni kuzatib borişlarida amaliy yordam berişlarini söraydi.
Şu örinda bugungi murakkab vaziyatdan çiqib ketişning yagona yöli bu vaksinatsiya, şu bois sizlardan özingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qiliş uçun vaksinatsiya jarayonlarida faol qatnaşişingizni sörab qolamiz», deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan avvalroq Kun.uz manbasi Özbekistondagi barça ta’lim muassasalarida 24 yanvardan qişki ta’til tugab, darslar onlayn formatda davom etişi haqida xabar bergandi.

















