24 yanvardan Özbekistondagi barça ta’lim muassasalarida darslar bir oy muddatga onlayn formatga ötkaziladi. Bu haqda hukumatdagi manba Kun.uz'ga xabar berdi.
Manba xabariga köra, 21 yanvar kuni şu masalada hukumatning kengaytirilgan yiğilişi ötkazilişi kutilmoqda. Uning yakunlariga köra, Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarorlari e’lon qilinadi.
Katta ehtimol bilan bu Özbekistonda epidemiologik vaziyat yomonlaşayotgani bilan boğliq – sönggi kunlarda kasallik tarqalişi tezlaşgan, 19 yanvar kuni 1300dan ortiq kasallaniş holati qayd etilgan. 2020 yilda ham koronavirus pandemiyasi tufayli öqiş onlayn formatda bölgandi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda talaba va öquvçilar uçun qişki ta’til 25 dekabrdan boşlangandi. Ta’til 2022 yilning 10 yanvarigaça davom etişi va dars jarayonlari 11 yanvardan boşlanişi belgilangandi. Keyinroq oliy ta’lim muassasalarining talabalari, akademik litsey va hunar maktablari öquvçilari uçun qişki ta’til muddati 24 yanvargaça uzaytirildi. Bunga sabab qilib rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga mas’ullar uçun öz kasbiy mahoratini oşiriş, yangiça tartibda işlaşni boşlaş maqsadida 2022 yil 10–24 yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar taşkil etilişi körsatilgandi.
Biroz avvalroq Oliy ta’lim vazirligi Özbekiston oliy ta’lim muassasalarida qişki ta’tildan keyingi öqiş onlayn şaklda bölişi mumkinligi haqida xabarlarni rad etgandi va bu borada faqat Respublika maxsus komissiyasi qaror qilişini eslatgandi.














