Talabalarga qişki ta’til muddati 13 kunga uzaytirildi. Bu haqda Oliy va örta-maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 24 yanvarga qadar moliyaviy mustaqillikka erişgan hamda kredit-modul tizimiga ötgan barça OTMlar rahbariyati va professor-öqituvçilari uçun seminar-treninglar olib boriladi.
“Oliy ta’lim tizimi tarixida ilk marotaba – rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga mas’ullar uçun öz kasbiy mahoratini oşiriş, yangiça tartibda işlaşni boşlaş maqsadida joriy yil 10-24 yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar taşkil etiladi.
Şu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari kredit-modul tizimiga töliq ötganligi sababli kafedra mudirlari va professor-öqituvçilari uçun asosiy işdan ajralgan holda öquvlar barça oliy ta’lim muassasalarida taşkil etiladi.
Bu jarayonga oliy ta’lim muassasalari huzuridagi barça professional ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar rahbarlari ham jalb etiladi”, - deyiladi rasmiy xabarda.
Şuningdek, talaba-öquvçilarga öz uylaridan ta’lim muassasalariga qaytişlariga qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida avia hamda temir yöl çiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida çegirma berilişi muddati ham 2022 yilning 24 yanvariga qadar uzaytirildi.
Bundan taşqari, 2022 yilning 11 yanvarigaça bölgan muddatga xarid qilingan avia va temir yöl çiptalari bepul tarzda tegişli muddatga almaştirib beriladi.


















