Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevraldagi “Samarqand şahrida tramvay liniyalarini quriş” loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisidagi PQ-2748 sonli qarori ijrosiga muvofiq, “Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Samarqand şahrida umumiy uzunligi 34,8 km ni taşkil etadigan tramvay yöllari bosqiçma-bosqiç qurilmoqda, deb xabar beradi “Özbekiston temir yöllari” axborot xizmati.
Uşbu loyihaning birinçi bosqiçida qurilayotgan tramvay yölining umumiy uzunligi 11,4 km.ni taşkil etib, bugungi kunda 7,2 km bölgan tramvay yölining birinçi qismi qurilişi töliq yakunlandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev viloyatda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni bilan yaqindan tanişiş maqsadida Samarqandga qilgan taşrifi davomida uşbu qurilgan yangi tramvay yölini ham borib kördi.
“Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Akbar Şukurov qisqa davrda qurib foydalanişga topşirilgan mazkur tramvay yölining birinçi bosqiçida qilingan işlar va loyihaning ikkinçi bosqiçi xususida keng ma'lumotlar berdi.
Qurilişning keyingi qismi temiryöl vokzalidan Siyob bozorigaça bölgan yönalişda, ya'ni uzunligi 5 km bölgan tramvay yöli quriş işlari davom etmoqda. Uşbu yönalişda 1 km tramvay yöli qurildi va Rudakiy hamda Gagarin köçalari kesişmasida tramvaylarga texnik xizmat körsatiş deposi bunyod qilinmoqda.

Tramvaylarga elektr energiyasi yetkazib berişda, şahar aholisi va korxonalariga yetkazib berilayotgan elektr energiyasiga salbiy ta'sir qilmasligini ta'minlaş uçun 4 ta maxsus elektr nimstansiyalari qurildi. Yangi tramvay yönalişi böyiça harakat grafigi işlab çiqildi. Unga köra, tramvaylar ertalab soat 06:00 dan keçqurun 23:00 gaça harakatlanadi. Temir yöl vokzalidan Sattepo massivigaça tramvay liniyasida ikki tomonlama 4 tadan jami 8 ta tramvay har 7 daqiqada harakatlanadi. Tramvay yölining ikki tarafidan avtobus bekatlari bilan birlaştirilgan 13 tadan jami 26 ta zamonaviy bekatlar qurilgan.
Loyihaning keyingi bosqiçida quriladigan tramvay yölining umumiy uzunligi 23,4 km.ni taşkil etib, quriliş "Samarqand" temir yöl vokzalidan Spitamen köçasi orqali Kimyogarlar şaharçasi hamda vokzaldan Narpay köçasi orqali Kimyogarlar şaharçasigaça bölgan yönalişlarni qamrab oladi.
Yangi tramvay yölini quriş barobarida, kadrlar macalasiga ham alohida e'tibor qaratildi. Ayrim tramvay haydovçilari ilgari Toşkent şahrida harakatlangan tramvaylarda faoliyat körsatişgan, yaxşi tajribaga ega. Ular bilan birgalikda 20 nafardan ortiq yoş tramvay haydovçilari hamda tramvay liniyasiga xizmat qiladigan mutaxassislar, jami 43 nafar fuqaro işga qabul qilindi.

















