Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXR rahbari Ukraina «Donbassga hujumga o‘tish»ga tayyorlanayotganini ma’lum qildi
Foto: Sergey Averin / RIA Novosti
Tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi rahbari Denis Pushilin «Rossiya 1» uchun bergan intervyusida Ukraina Donbassga hujum qilishga hozirlik ko‘rayotgani haqida gapirdi.
«Ukraina tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar tabiatiga ko‘ra — hujumga tayyorgarlik ketmoqda. Men texnikalar olib kelinayotgani, tank ekipajlari tayyorlanayotgani, ular avvalgi pozitsiyalarga qaytarilayotgani, bu nuqtada artilleriya raschyotlari va tanklar to‘planayotgani haqida gapiryapman», — deya Pushilinning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaraga «Uragan» va «Smerch» baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari olib kelingan, xorijlik jurnalistlar, «AQSh hamda Britaniya instruktorlar kelishgan, ular pozitsiyalarni suratga olib internetga joylashtirishadi».
Bundan tashqari, TASS xabariga ko‘ra, Pushilin «tutashuv liniyasi»ning Ukraina tomonida 129 mingga yaqin ukrain harbiysi turibdi.
Shuningdek, Pushilin DXRdagilar Donbassda teraktlar sodir etishni maqsad qilgan qo‘poruvchi (diversant) guruhlar tayyorlangani to‘g‘risidagi ma’lumotga egaligini bildirgan. U «O‘ng sektor»ni nazarda tutgan holda mintaqaga «quturgan radikallar» jo‘natilganini qo‘shimcha qilgan.
Pushilinning so‘zlariga ko‘ra, DXR hozircha hujumga o‘tishga tayyorlanmayapti.
- G‘arb mamlakatlari so‘nggi oylarda rossiyalik harbiylar Ukraina chegarasida to‘planayotganidan xavotir bildirib, buni Ukraina hududiga bosqinga tayyorlanish sifatida baholamoqda. Rossiya harbiy operatsiya rejasi yo‘qligini bildirib, harbiylar mashg‘ulot o‘tkazish uchun olib kelinganini aytib keladi.
Mavzuga oid
16:35 / 18.12.2025
Rossiya Mudofaa vazirligi: 2025 yilda Ukrainadagi urushga 11 trln rubl sarflanadi
16:03 / 18.12.2025
«Bojlar – mening sevimli so‘zim». Tramp xalqqa murojaat qildi
14:17 / 18.12.2025
Mers: Ukraina uchun ishonchli xavfsizlik kafolatlari - tinchlikning “narxi”
14:01 / 17.12.2025