Bahodir Abduvaliyev Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toşkent şahri hokimligi xabar bermoqda.

Bahodir Abduvaliyev 1968 yil 27 avgustda Toşkent şahrida tuğilgan. Ma’lumoti oliy. 1992 yilda Toşkent davlat universitetini( hozirgi ÖzMU), 1995 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
1992 yildan hozirga qadar huquq-tartibot idoralarida turli lavozimlarda işlagan, jumladan, 2019 yildan Toşkent şahar prokurorining örinbosari bölib işlab kelgan.
Ma’lumot uçun, Yunusobod tumaniga şu vaqtgaça Jahongir Ibrohimov rahbarlik qilayotgandi.

2017-2020 yillarda Sirdaryo viloyati hokimi örinbosari lavozimida işlagan, 2020 yil 25 avgustdan Toşkent şahri Bektemir tumanini boşqargan Jahongir Ibrohimov 2021 yil yanvarida Rahmonbek Usmonov örniga Yunusobod tumani rahbari etib tayinlangandi.
Uning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yöq.
















