Voqea joyidan olingan kadrlarda trassa bo‘ylab ketayotgan mashinalar karvoni, bolalar va qo‘liga ilingan buyumlarni olgan oilalarni ko‘rish mumkin. Ularning yuklarini ko‘tarishga harbiylar yordam ko‘rsatishgan. Evakuatsiya qilinganlarning jami soni ma’lum qilinmagan.

Qirg‘iziston FVV qo‘shni viloyatlar markazlaridagi aholi vaqtincha qochqinlarni o‘z uylarida qabul qilishga tayyorligini xabar qilgan.

Dushanba va Bishkek eskalatsiyada bir-birini ayblamoqda.

O‘zaro ayblovlar

Otishma Qirg‘izistonning Ko‘k-Tosh qishlog‘i hududidagi chegara postida kelib chiqqan. Xabar qilinishicha, tojikistonlik chegarachilar To‘rt-Ko‘cho va Uch-Doboda minomyotlar va granatalar ham qo‘llashgan.

Mahalliy vaqt bilan tun yarmidan o‘tganda Qirg‘iziston chegara xizmati chegaraning ikki uchastkasida o‘t ochish to‘xtatilgani, yana ikkisida «vaqti-vaqti bilan o‘q ovozlari eshitilib turgani» haqida ma’lum qilgan.

Qirg‘iziston chegara xizmati tomonlar muzokaralar o‘tkazayotgani haqida xabar qilgan. Unda Qirg‘iziston prezidentining Botken viloyatidagi vakili va Tojikistonning So‘g‘d viloyatidagi gubernatori, shuningdek ikki davlat chegara xizmati vakillari qatnashgan. «Interfaks» Qirg‘iziston chegara xizmatiga asoslangan holda mahalliy vaqt bilan soat 22:30da tojikistonlik chegarachilar va harbiylar qirg‘izistonliklarning pozitsiyalarini o‘qqa tutishda davom etayotgani kuzatilgan.

Tojikiston chegara xizmati hodisada qirg‘iz tomonini ayblagan va qirg‘izlar tojiklar hududini minomyotlardan o‘qqa tutganini bildirgan.

Payshanba tunida nimalar sodir bo‘ldi?

«Xovar» rasmiy agentligiga joylashtirilgan idora bayonotida Qirg‘iziston chegarachilari «mavjud o‘qotar qurollar bilan Tojikiston Respublikasi fuqarolarini o‘qqa tutgani» keltirilgan. «Tinch aholi va chegarachilar orasida qurbonlar bor», deyilgan bayonotda.

Dushanbedagilarning tasdiqlashicha, «tinch aholi, avtotransport vositalari va turli infratuzilma obektlari» intensiv ravishda o‘qqa tutilgan. «Tojikiston Respublikasi havo kengligini buzgan holda uchuvchisiz uchish qurilmalari parvozlari qayd etildi», deya ma’lum qilgan chegara xizmati.