Navoiyda 2021 yilda sudlar tomonidan 300 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan
Navoiy viloyatida 2021 yilda qasddan badanga shikast yetkazish, haqorat qilish, firibgarlik, pora berish hamda o‘g‘rilik jinoyatlari oshgan. Bu haqda viloyat sudida o‘tgan yil yakunlariga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, 2021 yilda Navoiy viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari tomonidan jami 1 676 nafar shaxsga nisbatan 1 282 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Shundan 847 ta ish bo‘yicha hukm chiqarilgan, 431ta ish esa tugatilgan. O‘tgan yilda 146 nafar ayolga hamda 680 nafar yoshga nisbatan jinoyat ishlari ko‘rilgan. Shuningdek, ushbu davrda 18 ta jinoyat ishi bo‘yicha 29 nafar shaxs sudlar tomonidan oqlangan.
2021 yilda sudlangan 1 154 nafar shaxsning 104 nafariga jarima, 2 nafariga muayyan huquqdan mahrum qilish, 15 nafariga majburiy jamoat ishlari, 391 nafariga axloq tuzatish ishlari, 342 nafariga ozodlikni cheklash, 300 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 2021 yilda ko‘rilgan ishlar tahlil qilinganida, qasddan badanga shikast yetkazish 108 taga, haqorat qilish 6 taga, firibgarlik 92 taga, pora berish jinoyati 38 taga hamda o‘g‘rilik 48 taga oshganligi ma’lum bo‘lgan. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar 26 taga, qasddan odam o‘ldirish 9 taga, voyaga yetmagan shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash 13 taga kamaygan.
Bundan tashqari, viloyatda 2021 yilda fuqarolik sudlari tomonidan 16 797 ta fuqarolik ishlari ko‘rib tamomlangan. Ko‘rilgan ishlarning 769 tasi yoki 4,5 foizi alohida tartibda yuritiladigan ishlar bilan bog‘liq, 3 694 tasi oila nizolari bilan va 10 091 tasi bitim bilan bog‘liq ishlarni tashkil etadi. Viloyat iqtisodiy sudlari tomonidan esa 3 559 ta ish ko‘rib chiqilib, hal etilgan ishlar bo‘yicha 276 mlrd 130,2 mln so‘m miqdordagi qarz va yetkazilgan moddiy zararlarni da’vogarlar foydasiga undirish haqida qarorlar qabul qilingan. Shundan xususiy tadbirkorlar va kichik biznes sub’yektlari foydasiga 57,8 mlrd so‘m undirilgan.
Navoiy viloyat hamda tumanlararo ma’muriy sudlari tomonidan 2021 yil davomida 931 ta ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bilan bog‘liq ma’muriy ishlar ko‘rib chiqilib, 788 tasi qanoatlantirilgan va 98 tasi rad qilingan.
Navoiyda havoni ifloslantirgan qo‘shma korxona faoliyati sud qarori bilan vaqtincha to‘xtatildi
Navoiyda akasining o‘limiga sabab bo‘lgan uka 5 yilga qamaldi
Mavzuga oid
14:48 / 18.12.2024
Navoiyda 33 yoshli erkak o‘ldirilib, Zarafshon daryosiga tashlab yuborildi
10:49 / 15.12.2024
Andijon va Navoiyda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
13:10 / 11.12.2024
Navoiyda elektromontyor 12 kishining nomiga kredit olib, onlayn qimorga yutqazib qo‘ydi
16:26 / 07.12.2024