U 1944 yilda 19 yoşida uruşga jönab ketgan. Uning safdoşlari hammasi ham uruşdan qaytmagan.
«Uruş haqida gapiradigan bölsak, Polşa, Ukraina, Belorusiya hammasi özimizda edi. 16 ta respublika edi. U paytda texnikalar yöq, maşina yöq piyoda askar bölib xizmat qilganman.

U paytlarda «falonçining öğli armiyaga ketyapti», deb non tişlatib qolişardi. Front degani bölib ötdi, endi Xudo xohlasa bölmaydiyam, u kunlar qaytib kelmasin. Yoşlar salomat bölsin, şunday qora kunlarni körmasin», — deydi sobiq jangçi.

Tursunbek ota Çexoslavakiya, Vengriyadagi janglarda qatnaşib, Berlingaça borgan. Undan söng ikkinçi jahon uruşi yakunlangunga qadar sovet-yapon uruşida ham qatnaşgan.
«Amerika ham Rossiyaga yordam bergan u vaqtlarda. Berlinni yarmini Amerika olgan, yarmi bizda qolgan. Uruş tugagaç, 15 kundan keyin Yaponiya uruşiga olib ketişgan.
1950 yil 1 sentyabrda uruşdan qaytib kelganmiz. 1951 yil 17 sentyabrda uylanganman. 8 nafar farzand körganmiz, 5 öğil, 3 qiz. Nevaralarim köpligidan ularning ismlarini ham bilmayman», – deydi ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi, doimo izzat-ikromda bölgan Tursunbek ota Isanbekov.

Piru badavlat otaning turmuş örtoği Habibaxon aya 87 yoşni qarşi olgan. Onaxon ham Tursunbek otadek hamon tetik. Habibaxon aya ham ötmiş xotiralarini sözlab berdi:
«Turmuş örtoğim uylanmoqçi bölib Vodil qişloğiga aravada borib körib kelgan. Keyin oila qurdik. Bola-çaqali böldik. Bolalarimizning umrini bersin. Barçasi voyaga yetdi. Ötmişda köp qiyinçiliklar boşimizdan ötgan. Aksariyat odamlar dalada işlardi. Keçalari dalalarda yotib qolar edik. Uyda zoğora nonlar yopib, dalada esa atala tayyorlab yer edik. Yoş bolamizni kötarib olib tong sahardan dalaga qarab ketardik», – deya ötmişning zahmatli kunlarini eslaydi Habibaxon aya.
Tursunbek ota va Habibaxon aya hozir 21 nevara, 52 çevara, 6 evaraning sevimli bobosi va buvisi. Tirik tarix timsoliga aylangan, asr bilan yuzlaşayotgan ota duoga qöl oçar ekan, uruş kulfati başariyat boşiga qaytib tuşmasligini astoydil sörab qoldi.
Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri
Montaj ustasi: Jahongir Aliboyev.











