Röy bergan hodisa haqida birinçi bölib hayvonot boğining xavfsizlik bölimi xodimi xabar topgan. U ayol kişining çinqiriq ovozini eşitgan va ovoz kelgan tomonga qarab yugurgan.
“Tuşlik payti oşxonadan qaytişda ayiqlar saqlanadigan bölimdan şerlar saqlanadigan volerga yetganimda, orqa tarafdan ayol kişining qattiq ovozda çinqirgani eşitildi. Tezda orqaga qaytib, ovoz kelgan tarafga yugurdim. Yölda 10 yaşar atrofidagi öğil bola çiqib ayiqlarning voleriga yoş bola tuşib ketgani haqida xabar berdi. Men zudlik bilan Yirtqiçlar bölimi mudiriga telefon qildim”, deydi Toşkent hayvonot boği xavfsizlik bölimi boşliği örinbosari Ergaş Mamatov.


“3-4 yoşlar atrofidagi qizça ayiqlar saqlanadigan volerga tuşib ketgani haqida xabar berilgandan söng zudlik bilan voqea joyiga yetib keldik. Xodimlarimiz ikkiga bölinib, ularning bir qismi ayiqni qafasiga kiritiş bilan şuğullanişgan bölsa, qolganlar voler hovuziga tuşib ketgan qizçani olib çiqişga harakat qilişdi.
Taxminan 2-2,5 daqiqalar içida ayiqni içki qafasiga kiritişga muvaffaq böldik. Biz voler hovuziga tuşgunimizça bola örnidan turdi. Qizçaning boşi yorilgandi. Uni tezda hayvonot boği hamşirasining xonasiga olib çiqdik. Birinçi yordam körsatilgunga qadar tez tibbiy yordam xizmati xodimlari yetib kelişdi va bolani şifoxonaga olib ketişdi.

Tez yordam xodimlari yetib kelganda qizaloq haqidagi ma’lumotlar kerak böldi. Şundan söng uning ota-onasini qidirganimizda bir ayol 6-7 yoş atrofidagi öğli bilan kelib, onasiligini aytdi. Şu paytda ayolning közida qayğu yoki boşqa narsa körinmadi. Undan qizça qanaqa qilib pastga tuşib ketganini söraganimizda u öğli bilan ovora bölib, qizi pastga tuşib ketganini körmay qolganini aytdi”, deydi Nodir Bahromov.














