Viloyat Bojxona Boşqarmasining kun.uzga ma’lum qilişiça, Yangiqörğon tumani Qizilyozi mahallasida yaşovçi, K.M.ning xonadoni közdan keçirilganda, taxminiy qiymati 500 mln sömlik 85 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va spirtli içimliklar mavjudligi aniqlangan.

Suriştiruv tadbirlari davomida, uşbu mahsulotlarni Yangiqörğon tumani Döstlik mahallasida yaşovçi S.S.ga tegişli ekanligi va u mazkur tovar-moddiy boyliklarini Qirğiziston Respublikasi hududidan çegaradan aylanma yöllar orqali noqonuniy tarzda olib ötib, qarindoşi Q.J. orqali, qöşnisining yaşaş xonadoniga vaqtinça saqlab turiş uçun olib kelib joylaştirganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan viloyat Bojxona Boşqarmasi tomonidan tergovga qadar suriştiruv tadbirlari olib borilmoqda.