Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qibraylik oilada to‘rt egizak dunyoga keldi. SSV rahbariyati ularning holidan xabar oldi
25 yanvar kuni Toshkent viloyati Qibray tumanining Birlik mahallasida yashovchi Javohir Toirov va Malika Toirova oilasida 4 egizak tug‘ildi.
SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Respublika perinatal markazida asoratsiz o‘tkazilgan tug‘uruq amaliyoti natijasida 1,6 kilogrammdan ikki nafar o‘g‘il hamda 1,8 va 1,2 kilogrammlik ikki qizaloq dunyoga kelgan.
«Ayni paytda go‘daklarning ahvoli qoniqarli. Shifokorlar ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanishiga bosh-qosh bo‘lib turibdi», deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari, jumladan vazir Behzod Musayev ushbu muassasada bo‘lib, ona va egizaklar holidan xabar olgan.

«Markazga tashrif buyurgan mas’ullar chaqaloqlarning ota-onasi bilan suhbatlashib, ularning ahvoli, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Muassasada faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda esa yaqin istiqbol rejalari xususida o‘zaro fikr almashildi.
Xususan, Respublika perinatal markazi neonatal xirurgiya va chaqaloqlar reanimatsiya bo‘limlarining ilg‘or ish uslubini pastki tizimdagi shu soha davolash muassasalari faoliyatiga tatbiq etish, ayniqsa, homiladorlik paytida homiladagi tug‘ma nuqsonlarni operatsiya qilish orqali nogironlikning oldini olish kabi qator dolzarb masalalar xususida gap bordi», deyiladi xabarda.

Shuningdek, tadbir davomida egizaklarning sog‘-salomat dunyoga kelishiga bosh-qosh bo‘lgan Respublika perinatal markazi neonatolog shifokori Umida Azimova hamda tibbiyot fanlari doktori Jahongir Qurbonov «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

O‘z navbatida, vazirlik tomonidan tibbiyot muassasasiga zarur zamonaviy asbob-uskunalar, Malika Toirova va uning oilasiga esa farzandlar parvarishi va ularning sog‘lom ulg‘ayishi uchun zarur bo‘lgan jihozlar topshirilgan.

Mavzuga oid
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
17:30 / 06.04.2026
“Rus, ingliz va nemis tilini telefon va internetdan o‘rgandik” - buxorolik 12 yoshli egizaklar hikoyasi
23:14 / 24.03.2026
“Kvotalarni yildan yilga oshirsak bo‘ladi” – Behzod Musayev AQSh bilan pilot loyiha haqida
15:55 / 24.02.2026
