Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO bosh kotibi Rossiya Belarusga 30 ming harbiy va «Iskander» majmualarini jo‘natganini aytdi
Rossiya va Belarus ittifoq davlati kuchlarining harbiy tayyorgarligini tekshirish uchun 10 fevraldan 20 fevralgacha mashg‘ulotlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Foto: Yuriy Smityuk/TASS
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun Belarusga 30 ming harbiy va «Iskander» raketa majmualaridan iborat guruhni jo‘natganini ma’lum qildi.
«Oxirgi kunlarda Belarusga Rossiya harbiy kuchlari joylashtirilayotganini kuzatmoqdamiz. Gap 30 ming nafar harbiy, maxsus kuchlar, qiruvchi samolyotlar, ‘Iskander’ majmualari hamda S-400 tizimlari haqida bormoqda», — dedi u.
Rossiya va Belarus ittifoq davlati kuchlarining harbiy tayyorgarligini tekshirish uchun mashg‘ulotlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fominning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqichda 9 fevralgacha qo‘shinlarni joylashtirish amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda 10 fevraldan 20 fevralgacha hamkorlikdagi mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Rossiya mudofaa vazirligi Belarusda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda jumladan, artilleriyachilar va dengiz piyodalari, «Pansir-S» havo hujumidan mudofaa tizimlari, Su-35 qiruvchi samolyotlari qatnashishini ma’lum qilgan.
Mashg‘ulotlarda ishtirok etadigan harbiylar soni aytilmagan.
«Iskander-M» majmuasi raketalari yadroviy kallakni tashiy oladi. Raketaning parvoz masofasi 500 kilometrgacha deb aytilgan.
Mavzuga oid
14:28
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
11:53
Sud Rossiya bankining Euroclear’ga qarshi da’vosi bo‘yicha birinchi eshituvni o‘tkazdi
10:06
BBC va “Mediazona” Rossiyaning 163 ming harbiysi halok bo‘lganini tasdiqladi
09:45