Har qanday kadr biror vazifaga qöyilar ekan, uning şu tizimda ötkazgan ilk 100 kuniga qarab keyingi faoliyati uçun ham xulosalarni qiliş mumkin, deyişadi.

Şerzod Şermatovning Özbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri sifatida iş boşlaganiga hali 100 kun bölmagan bölsa-da, şunga yaqin vaqt ötdi.

Xöş, u dastlabki ikki yarim oylik faoliyatini qanday boşladi? Soha oldida turgan dolzarb muammolar – sifatsiz internet, byurokratik UzIMEI, ijtimoiy tarmoqlarning blokka tiqilişi, yetişmayotgan kadrlar kabi masalalar-çi, ular qanday hal etiladi?

Kun.uz muxbiri vazir bilan şu kabi mavzular atrofida intervyu uyuştirdi.

— Şerzod aka, bugun Özbekistonda qanday muammo bölsaki, uning ildizlari ta’limda ekani haqida gapiriladi. Sizni 2018 yilda botqoqlikdagi ayni şu sohani isloh qiliş uçun olib kelişgandi. Oradan 3 yil ötib esa, yana boşqa tizimga olindingiz. Bu nima bilan boğliq, ta’lim islohoti böyiça oldingizga qöyilgan vazifalar bajarilib tugadimi, yoki kutilgan natijani berolmaganingizmi?

— Öz faoliyatimga özim baho berişim kerak emas aslida. Xalq ta’limi vazirligiga ötişdan avvalroq AKT vazirligida ham vazir örinbosari va vazir vazifasini bajaruvçi bölib işlaganman.

Bugun AT (axborot texnologiyalari) sohasining ayniqsa Özbekistonda potensiali juda yuqori. Şunday ekan, uni Özbekistonning kelajagini belgilab beruvçi drayver sohalardan biri sifatida köriş kerak. Xalq ta’limi vaziri bölib işlaganimda ham bo‘ yönalişga foydasi tegadigan fundament yaratişga harakat qildik. Nima uçun bu sohani drayver bölişi kerak deyapman? Hozir butun dunyoda ikkita yirik global trend ketyapti. Birinçi trend bu – pandemiya.

Ayni şu pandemiya sabab bugun ğarb yoki şarqning rivojlangan mamlakatlarida davlat va nodavlat taşkilotlari iş faoliyatini töliq masofaviy şaklga köçirmoqda.

Xöş, bu biz uçun nimani bildiradi? Avval özbekistonliklar AQŞ yoki biror ğarb davlatida işlaş uçun albatta, öşa mamlakatga borişi kerak bölardi. Hozir esa köplab vazifalarni internet orqali bajariş mumkin bölyapti. Biz bu imkoniyatdan iqtisodiyotimizni rivojlantirişda foydalanişimiz mumkin.