Aniqlanişiça, joriy yilning 31 yanvar kuni taxminan soat 10:00 larda voyaga yetmagan, 2004 yilda tuğilgan S.O. Şayxontohur tumani “Xadra” MFY hududidagi yölning qatnov qismidagi bordyur ustida ovqatlangani videotasvirga olingan.
“Voyaga yetmagan S.O. uşbu xatti-harakatlari bilan özi va atrofdagi şaxslarning hayotini xavf ostiga qöyib, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimagan”, deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan S.O. bilan profilaktik suhbat ötkazilgan, uning onasiga esa Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasiga (“Bolalarni tarbiyalaş va ularga ta’lim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik”) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirildi.
“Hurmatli ota-onalar! Farzandingiz qayerda yurgani va nimalar bilan band ekanidan doimiy ravişda xabardor bölib yuring. Yölning transport vositalari uçun belgilangan qatnov qismi öyin maydoni emas. Birgina “layk” ortidan quviş inson ölimi bilan yakun topişi mumkinligini unutmang”, deyiladi IIBB ma’lumotida.

















