«Sirdaryo IES» AJda quvvati 1200-1500 kVt va «Farğona IEM» AJda quvvati 1800-2000 kVt bölgan quyoş fotoelektr stansiyalarini quriş böyiça loyiha işlari olib borilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ Texnik boşqarma boşliği Oybek Zohidovning ta’kidlaşiça, tizimda energiya samaradorligiga erişiş, yoqilği-energiya resurslarini tejaş va qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş orqali mahsulot tannarxini yanada pasaytirişga erişiş uşbu loyihalardan közlangan asosiy maqsad hisoblanadi.

Loyihada tender hujjatlarini işlab çiqib, tayyor holda amalga oşirişda iştirok etişni istovçilar uçun «Sirdaryo IES» AJda sdtes.uz va «Farğona IEM» AJda fiem.uz rasmiy veb-saytlarida e’lonlar berildi.

Avvalroq, 2023 yilning yakuniga qadar Surxondaryo, Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarida quyoş fotoelektr stansiyalari işga tuşirilişi ma’lum qilingandi.

Şuningdek, 2025-2026 yillarda respublika böylab jami quvvati 1 800 MVt bölgan quyoş fotoelektr stansiyalari işga tuşirilişi reja qilingan.