5 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev va mezbon Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jingpin boshchiligida ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Shu kuni, Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.
Rasmiy uchrashuvlar bo‘yicha boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum emas.
Olimpiadaning ochilish marosimi doirasidagi umumiy tadbirlarda Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Misr prezidentlari va BMT bosh kotibi, shuningdek, yana bir qator siyosatchilar bilan qisqa muloqotda bo‘ldi.











