«Har qanday firmaning oxirida inson turadi» – Davletov ofshorlar bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilganini ma’lum qildi
Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Ruslanbek Davletovning ma’lum qilishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bir qator yangi qonun loyihalari ishlab chiqilgan.

Foto: Kun.uz
Ma’lum qilinishicha, shunday loyihalardan biri – “Oxirgi benefitsiar mulkdorlar yagona davlat reyestri to‘g‘risida”gi qonun loyihasi.
“Bu juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan qonun. Ofshorlar bilan bog‘liq. Ya’ni, biz juda ko‘p firmalarni bilamiz, muassisi kim, direktori kim. Lekin oxirigacha yetib bo‘lmaydi. Shuning uchun, qonun bilan bu narsaning oxiriga yetish kerak.
Oxirgi benefitsiar baribir yuridik shaxs emas, jismoniy shaxs bo‘ladi. Har qanday firmaning oxirida inson turadi. Shuning uchun, mana shu qonun loyihasini ham ishlab chiqdik. Buni ham jamoatchilik muhokamasiga beramiz. Qo‘llab-quvvatlansa, qabul qilinsa, juda foydasi bor”, – deydi adliya vaziri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, "Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ham ishlab chiqilgan.
“Manfaatlar to‘qnashuvi, bilasizlar juda katta jarayonlar tenderlar bilan bog‘liq bo‘lgan, hokimlarning yaqinlari, farzandlari. Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga soladigan, hamma o‘qib tushunadigan, bir xil standart sifatida talab qilinadigan normalarning yo‘qligi uchun mana shu qonun loyihasini ham ishlab chiqdik. Juda yaxshi loyiha bo‘ldi. Hali jamoatchilikka taqdim qilolmadik. Chunki, vazirliklar bilan ishlayapmiz”, – dedi Ruslanbek Davletov.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00
-
O‘zbekiston bo‘yicha 1 may kunidan mahalla raislari saylovlari boshlanadi
O‘zbekiston | 16:31
-
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
O‘zbekiston | 16:23
-
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
O‘zbekiston | 16:21
Mavzuga oid

19:18 / 04.12.2024
Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi

22:35 / 15.11.2022
AQSh O‘zbekistonda diniy erkinlikka doir qonunchilik xalqaro standartlarga moslashtirilishiga umid bildirdi

12:33 / 15.11.2022
Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlandi

23:40 / 12.10.2022