Ruslanbek Davletov to‘g‘ridan to‘g‘ri yer ajratish va tendersiz xaridlarni qoraladi
“Tender savdolarisiz” degani – bu qurilish kamida 30 foizga qimmat degani. Yoki “loyiha-smeta hujjatisiz parallel qilaylik” degani xalq pulidan ketadigan qurilish 30 foizga qimmatladi, degani. Bu yerda natija bo‘lmaydi. Sifati ham zo‘r bo‘lmaydi”, – dedi adliya vaziri.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov 7 fevral kuni hisobot press-konferensiyasini tashkil etdi. Unda vazir, xususan, tender va yer ajratish masalalarida Adliya vazirligiga bo‘ladigan noqonuniy iltimoslar haqida so‘zlab berdi.
Davletoning aytishicha, yer ajratish va tender bo‘yicha qonunchilikni chetlab o‘tishni nazarda tutadigan loyihalar vazirlikka huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun tez-tez kelib turadi.
“To‘g‘ridan to‘g‘ri yer ajratish va tendersiz savdolarni o‘tkazish to‘g‘risidagi loyihalar ham bizga juda ko‘p keladi. Bu narsalardan endi voz kechish kerak. O‘zbekiston juda katta ochiqlik qilyapti. Prezidentimiz korrupsiyaga qarshi qancha kuyib-pishayotganini ko‘ryapsizlar. Lekin loyihalarda “Vaqtimiz yetmayapti, shuni tendersiz qilaylik, to‘g‘ridan to‘g‘ri qandaydir MChJni belgilaylik, loyihachini belgilaylik”, (degan iltimoslar) juda ko‘p.
To‘g‘ri, bu qonun bo‘yicha mumkin. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yagona sotib oluvchi bo‘yicha mumkin. Lekin bu istisno deyilgan. Agar istisno bo‘yicha holatlar ko‘payaversa, u asosiy qoidaga aylanib ketadi. Uning istisnoligi ham qolmaydi”, – deydi Ruslanbek Davletov.
Adliya vaziriga ko‘ra, tendersiz amalga oshiriladigan qurilishlar kamiga 30 foizga qimmatga tushadi.
“Tender savdolarisiz” degani – bu qurilish kamida 30 foizga qimmat degani. Yoki “loyiha-smeta hujjatisiz parallel qilaylik” degani xalq pulidan ketadigan qurilish 30 foizga qimmatladi, degani. Bu yerda natija bo‘lmaydi. Sifati ham zo‘r bo‘lmaydi. Biz xalq pulini olayotgandan keyin birinchi – sifat, ikkinchi – muddat, uchinchi – narx bo‘lishi kerak. Bu narsalarning birortasi aytilayotgan holatlarda uchramaydi”, – deydi vazir.
Ma’lumot uchun, yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha farmonga asosan faqat Vazirlar Mahkamasi bir qator holatlarda yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga berishga haqli.
Eslatib o‘tamiz, adliya vaziri kuni kecha Senat yalpi majlisida Toshkent viloyati hokimining 2021 yil oktyabridagi qarori bilan Nurafshon shahridagi 781 gektar yer tadbirkorlik sub’yektiga auksionsiz ajratib berilganini tanqid qilib, qarorni bekor qilish bo‘yicha sudga ariza kiritilganini ma’lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
22-tuzatish. Trampning uchinchi prezidentlik muddatiga nima to‘sqinlik qiladi?
Jahon | 16:28
-
Senator Kori Buker Trampni uzluksiz 25 soat tanqid qilib, rekord o‘rnatdi
Jahon | 15:06
-
«Hizbulloh» qo‘mondoniga suiqasd, saylovdan mahrum etilgan Le Pen va Harvardni mablag‘dan mosuvo etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 14:28
-
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

19:18 / 04.12.2024
Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi

22:00 / 02.07.2024
Urganch tumani qurilish bo‘limi sobiq boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

19:13 / 23.05.2024
Fermerlarga ijara huquqini sotishga ruxsat beruvchi qonun loyihasi qabul qilindi

13:45 / 05.03.2024