Hammaga (hatto kiçik bolalarga ham) ma’lumki, Özbekiston avtomobil bozorida bir neça ön yillardan beri sun’iy va izçillik bilan qöllab-quvvatlab kelinayotgan monopoliya bor. Xolbuki, u (monopoliya) yaratilayotgan paytida bizga “keyinçalik mahalliy işlab çiqaruvçimiz oyoqqa turib, raqobat kuraşida barçani yengadi”, degan gapga suyangan holda ikki yil bilan çeklanişga va’da berişgan edi.

Lekin, taassufki, Özbekistonda vaqtinçalik imtiyozlar deyarli doim korrupsion-monopol “yakun”larga aylanib kelgan, ularni bekor qiliş esa juda qiyin. Afsuski, bizda şunday noxuş an’ana bor...

Monopoliya oqibatlari

Amaldagi monopoliya avtomobil zavodimizga öz samarasizligini quyidagilar hisobidan qoplaşga imkon beradi:

  • iste’molçilar hisobidan, çunki ular importning yuqori qiymati tufayli tanlaş imkoniyatidan mahrum – bitta kompaniya mahsulotini sotib olişadi (qolgan iste’molçilar esa aynan şu monopolist kompaniyaning özidan import mahsulotni, albatta, oşirilgan narxlarda sotib olişadi);
  • davlat hisobidan: avtomobillarni import qilişda bojxona tölovlaridan turli xil imtiyozlar va olinmagan tuşumlar (demak, soliq tölovçilarning pullari hisobidan) körinişida.

Oxirgi band haqida batafsilroq töxtalamiz. Agar bojxona tölovlari bugungidek taqiqlovçi emas, balki oqilona bölganida, avtomaşinalar importi ança köp bölar, öz navbatida, budjetga köproq pul tuşgan bölar edi.

Yuqoridagi fikrning oddiy isboti. 2019 yilda qimmat (narxi 40 ming dollardan yuqori) avtomobillar uçun bojxona tölovlari kutilmaganda sezilarli darajada (taxminan 40 foizgaça) qisqartirilgan edi. Öşa yilda xorijdan 2300 dan ortiq şunday avtomobillar import qilingan edi. Keyingi yili bojxona tölovlari yana oşirildi (avtomobil narxining 70-80 foizigaça), import esa 550 ta avtomobilgaça kamaydi. Budjetga tuşumlar neça marta kamayganini esa, hisoblaş qiyin emas.

Tuşunarli bölişi uçun mutlaq körsatkiçlarda hisoblab çiqamiz.

Yuqorida aytilgan toifadagi avtomobilning örtaça narxini 70 ming dollar deb olamiz. Öz navbatida, 2019 yilda budjet 2300 avto * $70 000 * 40% = 64,4 mln dollar tuşum olgan. 2020 yilda esa: 500 avto * $70 000 * 75% = 26,25 mln dollar. Bojxona tölovlarining oşişidan kelgan yöqotişlar 38 mln dollarni, yoki 60 foizni taşkil etgan. Ana şunday arifmetika…