Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda xitoyliklar eshak so‘yib iste’mol qilayotgani aytilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida xitoylik ishchilar iste’mol qilish uchun eshak so‘yayotgani tasvirlangan video tarqaldi.
Videoni tasvirga olgan shaxsning aytishicha, eshak so‘yayotganlar Kitob tumanidagi sement zavodda ishlayotgan xitoylik ishchilar. Ular muntazam eshak so‘yib uning go‘shtini iste’mol qilib kelishmoqda.
Videoda bir guruh shaxslar so‘yilgan eshakni terisidan tozalab turgan xitoylikning oldiga borib uning qo‘lidan pichoqni tortib olishadi. So‘ng eshak go‘shti ustiga oyoqlari bilan tuproq sochishadi.
Holat yuzasidan Kitob tumani hokimligi axborot xizmati munosabat bildirib, hodisa bu tumanda sodir bo‘lmaganini ma’lum qildi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanida joylashgan "Qarshi Conch sement" xorijiy korxonasining qurilish hududida eshak so‘yilganligi va bundan mahalliy ishchilar norozilik bildirgani aytilgan videolavha yuzasidan tegishli soha xodimlari tezkor surishtiruv ishlarini olib borishdi. O‘rganishlar davomida mazkur holat Kitob tumanidagi xorijiy korxona bilan bog‘liq emasligi ma’lum bo‘ldi», deyiladi munosabatda.
Avvalroq Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan Sharg‘un shahrida xitoyliklar itlarni o‘ldirib osib qo‘yayotgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Samarqandda 34 yoshli ayol eri tomonidan o‘ldirib ketildi
Jamiyat | 09:49
-
Sanksiyalar ostida bo‘lgan Matviyenko Jyenevada nutq so‘zladi
Jahon | 09:26
-
Rossiyada shatdaunlar paytida ham ayrim resurslarga kirish imkoni yaratilishi mumkin
Jahon | 09:21
Mavzuga oid

16:16 / 04.07.2025
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi

15:31 / 20.06.2025
Prezident Kitobdagi oltin konini auksion asosida tadbirkorlarga berish bo‘yicha topshiriq berdi

22:48 / 09.06.2025
“Eshak go‘shti qo‘shilmaganmi?” – zaruratga aylanayotgan savol

10:21 / 08.06.2025